Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Hisob raqamimdagi 700 ming so‘m mablag‘ yo‘q bo‘lib qoldi, keyin o‘rnida 30 ming so‘m mablag‘ qoldi»
  • 18.02.2022
  • 646

Murojaat egasi: Abdumo‘min Abduraimov

Elektron pochta: xabduraimov7@gmail.ru

Murojaat mazmuni: «Yangiyo‘l tuman elektr tarmoqlariga foydalanilgan elektr uchun to‘lov qilingan, balansda 730 ming so‘mdan ortiq pul bor edi. Tekshirgani kirib so‘raganimda “yo‘q, unaqa mablag‘ mavjudmas” deb aytishdi xodimlar. Ammo payme ilovasi orqali tekshirganimda ham yuqoridagi mablag‘ mavjud edi, lekin borib murojaat qilinganimda, xodimning qanaqadir harakatidan keyin, 700 ming so‘m mablag‘ yo‘q bo‘p qoldi, keyin hisobda 30 ming so‘m mablag‘ qoldi. Buni qanday izohlash mumkin? Kim javob beradi bu masalaga? Yoki yuqoriga murojaat qilish kerakmi?»

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Abdumo‘min Abduraimov, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MA'LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

 Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/10548

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

‼ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatiga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

het.uz – rasmiy veb-sayti

Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

Call centre: 1154

Iste'molchilarga xizmat ko'rsatish bo'limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>