Kelib tushgan murojaatlar
MUROJAAT MAZMUNI: «O‘rnatilgan «aqlli hisoblagich»ni qanday tekshirtirsam bo‘ladi?»
  • 16.01.2020
  • 1395

     MUROJAAT MAZMUNI: Assalomu alaykum! Men Nukusdan Berdiyev Maxsut bo‘laman. Bizning uyga 2019-yil 19-sentabr kuni «aqlli hisoblagich» o‘rnatishdi. O‘rnatilganidan so‘ng 2020-yil 12-yanvargacha 1600 kVt•soat elektr ishlatibmiz. Hisoblasam, oyiga o‘rtacha 400 kVt•soatga to‘g‘ri kelayapti. Bitta xonadonga 400 kVt•soat degani bu juda ko‘p emasmi?! Shu «aqlli hisoblagich»ni qanday tekshirtirsam bo‘ladi? To‘g‘ri hisoblayaptimi o‘zi?

     MUROJAATGA JAVOB: Hurmatli iste'molchi Berdiyev Maxsut! Sizning uzbekistonmet.uz saytiga rasmiy murojaatingiz «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati tomonidan ma'lumot o‘rnida qabul qilindi. Ma'lum qilamizki, Siz tomoningizdan so‘ralgan masala Jamiyatimizga turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati vakolatlari doirasida.

     Ma'lumot o‘rnida: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati yuqori kuchlanishli elektr energiyasini transportirovka qilish, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

     Shu bilan birga, Sizga shuni ma'lum qilamizki, murojaatingiz mazmuni «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati mas'ul xodimlariga yuborildi va tez orada murojaatingiz yuzasidan tegishli munosabat bildiriladi.

     Bundan tashqari, Siz «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmatining rasmiy telegram kanali: https://t.me/hetmuloqot  (Telegram: @hetmuloqot, @HET_admin;  Facebook: Hududiy elektr tarmoqlari) va veb-sayti: http://www.het.uz/oz orqali ushbu savolingizga javob topishingiz mumkin. Tashkilot saytida bu haqda batafsil ma'lumot va videolavhalar berilgan. Qisqa raqami: 1154. Murojaat uchun: +99871-202-50-55.

     Shuningdek, «Hududiy ET» AJ ning rasmiy e'lonlarida: «...Hurmatli iste'molchilar, hisoblagichlar o‘rnatishda biror bir anglashilmovchilik yoki ta'magirlik holatlari kuzatilayotgan bo‘lsa, shuningdek, pul talab qilinayotgan yoki manfaatlaringiz kamsitilayotgan bo‘lsa, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning 71-233-01-28, 78-150-75-64 raqamlariga yoki Telegram’dagi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot” kanali orqali ham o‘z murojaatlaringizni yo‘llashingizni so‘raymiz», deyilgan.

 

 
Hurmat bilan,

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Kanalga a'zo bo‘ling! t.me/uzmetaxborotxizmati

>