Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Savol tug‘iladi: agarda biron marta elektr energiyasiga pul to‘lanmagan bo‘lsa, qanday qilib shuncha vaqt bemalol — 4,8 mln so‘m qarzdorlikkacha elektr energiyasidan foydalanib keldik?»
  • 26.02.2022
  • 301

Murojaat egasi: Ulug‘bek Tursunovich Safarov

Elektron pochta: ulabek407@gmail.com

Murojaat mazmuni: «Assalomu alaykum. Xususiy korxonamizga yangi elektr hisoblagich o‘rnatilgan. Yangi hisoblagich o‘rnatilgandan keyin biz tomonimizdan o‘tkazilgan to‘lovlar yech qaerda yo‘q. Biz 600, 300, 400 ming so‘m miqdorida (hokazo) to‘lovlarni amalga oshirganmiz. Har safar elektr energiyada pulimiz qolmaganda (o‘chib qolganda) pul to‘lar edik va avtomatik tarzda elektr ta'minoti tiklanardi. AFSUSKI, KVITANSIYALARIMIZ YO‘Q. Bugungi kunda elektr tarmoqdan 4,8 mln. so‘m qarzdorlik mavjudligini bizda elektr energiya o‘chganda bildik. Shunda biz “Navoiy viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”ga murojaat qilganimizda, “Qiziltepa sabzavot savdo” xususiy korxonasi biron marta elektr energiyasiga pul to‘lamaganligini aytishdi. Savol tug‘iladi: agarda biron marta elektr energiyasiga pul to‘lanmagan bo‘lsa, qanday qilib shuncha vaqt bemalol — 4,8 mln so‘m qarzdorlikkacha elektr energiyasidan foydalanib keldik? Shunday bo‘lishi mumkinmi? Iltimos shuni hisoblashda yordam beringlar. Oldindan rahmat. Adashmasam abonent: 12234-700551.»

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Ulug‘bek Tursunovich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MA'LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

 Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/10548

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

‼ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

• Call centre: 1154

Iste'molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>