Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Sizlardan iltimos, gaz hidi chiqayotgan joyni ta'mirlab, shu kungacha biror chora ko‘rmagan mas'uliyatsiz xodimlarga qat'iy chora ko‘ring!»
  • 01.03.2022
  • 265

Murojaat egasi: Mamarasulov Azizjon Ali o‘g‘li

Elektron pochta:  aziz_xvx_1993@mail.ru

Murojaat mazmuni: «Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, Bog‘iston mahallasi, Sarbon ko‘chasida 1-uy manzilida oila a'zolarim bilan yashab kelaman. 2 nafar yosh farzandlarim bor. Uyimiz oldida, ya'ni Mirzaobod tumani, Navro‘z shaharchasida joylashgan avtomobillar ikkilamchi bozori yonida gazni taqsimlaydigan katta qurilma (GRP) bor. Ushbu qurilmadan bir necha yildan buyon gaz chiqib, ko‘chaga, hatto bizning uyimiz hovlisigacha gaz hidi kelib, sog‘lig‘imiz yomonlashishigacha olib kelmoqda. Men tuman gaz bo‘limiga bir necha bor og‘zaki murojaat qilganimda, xodimlar har xil bahonalar va sansalorlikka yo‘l qo‘yib, bu muammoni hal qilganlari yo‘q. Chiqayotgan gaz hididan insonning sog‘lig‘i yomonlashib bormoqda! Sizlardan iltimos, ushbu gaz hidi chiqayotgan joyni ta'mirlab berishlaringizni va shu kungacha biror chora ko‘rmagan mas'uliyatsiz, shu joyga biriktirilgan xodimlarga qat'iy chora ko‘rib, natijasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilab berilgan muddatda javob xatini (elektron pochtamga va yashash manzilimga) yuborishingizni so‘rayman.»

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Azizjon Ali o‘g‘li, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududgazta'minot" AJning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MA'LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanadi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

 Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/10548

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

Gaz ta'minoti bilan +99871-200-0804 yoki 1104 raqami orqali bog‘lanasiz.

«Hududgazta'minot» AJning https://hududgaz.uz/ ish vaqti: 09:00dan 18:00 gacha.

Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 98-uy.

Indeks: 100115.

E-mail: info@hududgaz.uz

Telefon raqami: (71) 281-16-85

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>