Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Tushunib turibman, yana “shablon” javob berasizlar... Murojaat ham foydasiz, yopib tashlaysizlar. Lekin insof qilinglar, muammoni yashirish bilan hal qilib bo‘lmaydi!»
  • 07.03.2022
  • 378

Murojaat egasi: Erniyazov Sarvarbek Baxtiyorovich

Elektron pochta: sarvarjon007@gmail.com

Murojaat mazmuni: «Assalom alaykum, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, Sharg‘un shahri, «Konchilar» mahallasidan murojaat yo‘llayapman. Energetiklar nomlashi bo‘yicha 5-fider, ya'ni qancha tokni uzsa arziydigan, qancha ko‘p o‘ynatsa ko‘taradigan liniyadan muammoni yana ko‘tarib chiqyapman. Garchi foydasi bo‘lmasa ham.

Sariosiyodagi 5-fider eng katta liniya bu. Bizning mahalla ham shu fiderda. Liniya katta bo‘lgandan keyin muammo ham shunga yarasha... Mahalladan 100 metr yuqoridagi Sharg‘unning boshqa ko‘chalari elektr bor, ularda tok deyarli o‘chmaydi. Aynan bizda tok yo‘q payti ularda bor, umuman o‘chmaydi.
Hurmatli ma'sullar, bu yillar davomida yig‘ilgan muammoga hech kim e'tibor bermaydi, lekin jon-jondan o‘tib ketdi-ku — aynan bizning mahallada tok o‘chishi yoki sifatsiz uzatilishi! Ba'zan shunaqangi o‘chib yonaveradiki (tez-tez), uydagi jihozlar kuyib qolmasmikan, deb xavotirga tushamiz.
Tushunib turibman, yana “shablon” javob berasizlar... Murojaat ham foydasiz, yopib tashlaysizlar. Lekin insof qilinglar, muammoni yashirish bilan hal qilib bo‘lmaydi! Uni bartaraf etish kerak. Bizning mahallani 5-fiderdan ajratib, barqaror elektr ta'minoti keladigan liniya qilib beringlar!

Bu muammo aniq-tiniq, shu 5-fider muammosi! Chunki bizda tok bo‘lmagan payt Sariosiyo bo‘yicha qarindoshlarga telefon qilib chiqamiz, hammasida tok bo‘ladi. Misol uchun, 5-fevral kuni shom paytidan keyin deyarli 2 soat elektr bo‘lmadi. Keyin Sariosiyo dispetcheriga qo‘ng‘iroq qildik, doimgiday band bo‘ladi yoki bosib qo‘yaveradi-da, baraka topgur, oyliging haloling bo‘lsin, xalq bilan gapirgisi ham kelmaydi yoki beradigan javobi yo‘q.

1154 ga qo‘ng‘iroq qilaman, kamida 20 minutdan keyin ko‘taradi.

“Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” operatori meni tanib qolgan, “Yana shunaqa vaziyat, “svet” yo‘q”, desam, “Tumaningizga qo‘ng‘iroq qiling”, deydi.
Hadeb murojaat qilish mening “kasbim” emas, yoki kimnidur vaqtini olish dardida emasman, real mavjud va yillar davomida hal bo‘lmayotgan mumammo bu! Iltimos, atroflicha o‘rganib chiqing. Judayam jondan o‘tib ketgani uchun murojaatga majbur bo‘ldim. Foydasi bo‘lmas ham baribir inson umid qilarkan, gapda qop-qop vadalar, balkim amalda ham bo‘lar, deb.

Murojaatga javobni elektron qilib yuborsangiz ham bo‘ladi, javob bermasangiz ham bo‘ladi. Lekin uyga odamlar kelib, rasmga tushaylik, tashakkurnoma yozib bering, deb bezovta qilishmasin, iltimos.
Men shunchaki yillar davomidagi muammoni yana bir bor ko‘tarib chiqdim, xolos. Iltimos, mahallani fiderini o‘zgartiring yoki Sharg‘unni yuqori mahallari bilan bir xil liniya qilib bering. «Konchilar» mahallasida ham qonunga bo‘ysunuvchi, soliq to‘lovchi O‘zbekiston fuqarolari yashaydi! QONUN YOKI IMKONIYAT RESURSLARI HAMMA UCHUN BAROBAR!»

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Sarvarbek Baxtiyorovich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MA'LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

 Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/10548

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

‼ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

• Call centre: 1154

Iste'molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

Batafsil: Surxondaryo viloyati

Nomi: «Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ

F.I.O.: Shamsiddinov Ma'rufjon Qurbonovich

Telefon: (0 376) 224-10-55

Faks: (0 376) 221-74-25

Elektronnaya pochta:  1722000@surxonet.uz 

Veb-sayt: surxonet.uz 

Qabul kunlari: Chorshanba 15:00 dan 18:00 gacha

Manzil: 190100, Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Hakim At-Termiziy ko‘chasi, 10-uy.

Murojaatchiga qo‘shimcha ma'lumot: Elektr tarmoqlarida iste'molning keskin oshishi tufayli elektr qurilmalari ortiqcha yuklama bilan ishlaganda, energotizim barqarorligini saqlash maqsadida o‘rnatilgan avtomatika rejimi tufayli, elektr ta'minotida uzilishlar bo‘lishi tabiiy jarayon hisoblanadi va uning oldini olish uchun hozirda past va yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida, podstansiyalarda ta'mirlash-sozlash, modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, elektr ta'minotidagi uzilishlarga ko‘pincha xonadonning o‘zidagi yoki ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi shirkat tasarrufidagi elektr qurilmalaridagi nosozliklar sabab bo‘ladi. Shu bilan birga, mahallada olib borilayotgan qurilish ishlarida xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilmaslik oqibatida ham elektr ta'minoti tarmoqlari shikast yetkazilishi, so‘ngra uni bartaraf etish uchun ma'lum bir vaqt (xavfsizlik texnikasi talablariga ko‘ra) iste'molchilar tarmoqdan uzilib turishi mumkin. 

Bu haqda batafsil ma'lumotlarni quyidagi havolalardan olishigiz mumkin: ENERGOTIZIMDA MUVOZANATNI SAQLASH — KECHIKTIRIB BO‘LMAS USTUVOR VAZIFA: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5717

SAVOL-JAVOB — iste'molchilar, jurnalist va blogerlar diqqatiga qo‘shimcha ma'lumotlar:  https://t.me/uzmetaxborotxizmati/8935 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>