Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Elektr hisoblagich uchun texnik shartnoma olib, to‘lovni amalga oshirdim. 15 kun bo‘lmoqdaki, hali darak yo‘q»
  • 11.03.2022
  • 651

Murojaat egasi: Ilhom Qarshiboyev

Elektron pochta: ilxomqarshibaev@gmail.com

Murojaat mazmuni: «Men Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida yashayman. Elektr hisoblagich uchun “ReS”dan texnik shartnoma olib, to‘lovni amalga oshirdim. 15 kun bo‘lmoqdaki, hali darak yo‘q. “Respublikadan elektr hisoblagich kelmayapti”, deyishmoqda. Qachongacha kutish mumkin? Avgust oyidan beri murojaat qilaman, “Kelsa aytamiz, shartnoma qilasiz”, deb cho‘zib kelishmoqda. Yechimi bormi bu masalaning?»

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Ilhom Qarshiboyev, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MA'LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/10548

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

‼ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

• Call centre: 1154

Iste'molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>