Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Elektr energiyani tarmoqdan uzishdan oldin, ogohlantirish uchun, bir-ikki ish kuni ilgari telefonga “SMS” xabar keladigan qilsalaringiz yaxshi bo‘lar edi...»
  • 17.03.2022
  • 497

Murojat egasi: Choriyev Jasur Ro‘zibayevich, Termiz shahri

Elektron pochta: Choriev99@mail.ru

Murojaat mazmuni: «Elektr energiyani o‘chirishdan oldin ogohlantirish uchun bir yoki ikki ish kuni telefonga SMS keladigan qilsalaringiz yaxshi bo‘lar edi. Menga telefonimdan ko‘rganimda 300 000 so‘m pul bor edi. Lekin 2100'dan SMS kelib, “210 ming so‘m qarzga kirdingiz” dedi va shu kuni o‘chirib tashladi (tarmoqdan uzdi). Shuni oldindan ogohlantirilsa, qarz olib bo‘lsa ham to‘lab qo‘yar edik.”

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Choriev Jasur Ro‘zibaevich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MA'LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/10548

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/ategory/23

‼ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• hyet.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hyetmuloqot, @HyeT_admin

• Faebook – Hududiy elektr tarmoqlari

• all yentre: 1154

• Iste'molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://hyet.uz/oz/lists/regions

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>