Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Ozgina shabada bo‘lsa yoki sevalab yomg‘ir yog‘sa, darhol elektr ta'minoti uzib qo‘yiladi...»
  • 25.03.2022
  • 319

Murojaat egasi: Egamov Nosirjon No‘monjonovich

Elektron pochta: nosirjonegamberdiyev8@gmail.com

Murojaat mazmuni: «Assalomu alaykum! Ulug‘nor tumani, Guliston MFY, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi, 18-uyda istiqomat qilaman. Guliston MFY hududi ozgina shabada bo‘lsa yoki sevalab yomg‘ir yog‘sa, darhol elektr ta'minoti uzib qo‘yiladi. Shu sababli sizdan qattiq iltimos, kelib o‘rganib, ko‘zingiz bilan ko‘rib, jiddiy yondoshgan holda masalaga javob bersangiz.»

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Nosirjon No‘monjonovich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MA'LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/10548

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

‼ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

het.uz – rasmiy veb-sayti

Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

Call centre: 1154

Iste'molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

Murojaatchiga qo‘shimcha ma'lumot: Elektr tarmoqlarida iste'molning keskin oshishi tufayli elektr qurilmalari ortiqcha yuklama bilan ishlaganda, energotizim barqarorligini saqlash maqsadida o‘rnatilgan avtomatika rejimi tufayli, elektr ta'minotida uzilishlar bo‘lishi tabiiy jarayon hisoblanadi va uning oldini olish uchun hozirda past va yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida, podstansiyalarda ta'mirlash-sozlash, modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, noqulay ob-havo, kuchli shamol va yomg‘ir paytida elektr tarmoqlarida sodir bo‘lgan qisqa tutashuvlar tufayli elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin. Agar elektr tarmoqlari va podstansiyalar, transformator punktlari o‘z vaqtida, sifatli ekspluatatsiya qilinsa, noqulay ob-havoda elektr ta'minotida uzilishlar kam kuzatilishi lozimligi to‘g‘ri. Ammo simyog‘och va boshqa elektr qurilma hamda uskunalariga mutaxassislardan tashqari shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishlar, ulanishlar va boshqa texnik-muhandislik shartlariga rioya qilinmagan holda tashqi ta'sirlar ko‘rsatilsa, bu ham yuqori iste'mol va noqulay ob-havo sharoitida nosozliklar ko‘plab kuzatilishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun, mahalla fuqarolari yig‘ini hududidagi elektr ta'minoti qurilmalari faqat mutaxassislarga murojaat qilish orqali sozlab-ta'mirlanishi lozim.

Batafsil tanishish uchun:

Bu haqda batafsil ma'lumotlarni quyidagi havolalardan olishigiz mumkin: ENERGOTIZIMDA MUVOZANATNI SAQLASH — KECHIKTIRIB BO‘LMAS USTUVOR VAZIFA: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5717

SAVOL-JAVOB — iste'molchilar, jurnalist va blogerlar diqqatiga qo‘shimcha ma'lumotlar:  https://t.me/uzmetaxborotxizmati/8935 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>