Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Ikki soatni ichida meni qarzga kiritvoradigan darajadagi elektr uskunam yo‘q uyimda!»
  • 30.03.2022
  • 324

Murojaat egasi: Narzullayev G‘ayrat Najmiddinovich

Elektron pochta: gayratn81@gmail.com

Murojaat mazmuni: «Assalomu aleykum! Men Namangan viloyati, Davlatobod tumanidagi ko‘p qavatli xonadonlardan birida (31-uy, 20-xonadon) istiqomat qilaman. Taxminan bir yilcha avval elektron hisoblash uskunasini yangisiga almashtirishgan. Undan avvalgisi ham “onlayn ko‘rinish”da ishlar edi. Bilmayman, nimaga almashtirishgan... Mana shu almashtirishdan so‘ng hisobimda taxminan 10000 dan kam pul qolsa o‘chirishadi. Telefon raqamimga 1 kunlik to‘lovingiz qoldi deb SMS xabarnoma kelishi bilan uzog‘i 20 minut ichida hisobimni to‘ldiraman (agar yarim tunda kelmasa). Chunki 1 kunlik to‘lov qoldi, degani «2 soatdan keyin elektringizni o‘chiramiz», degani. Bu holat 3-4 marta bo‘lgani uchun shunday deyapman, hattoki hisobimda mablag‘im bo‘lsa ham, uzog‘i bilan 2 soatda elektrimni o‘chirishadi. Eng yomoni, o‘chib qolgandan so‘ng 500000 to‘lov qilsam ham, 50000 to‘lov qilsam ham, albatta elektr tarmoqlari hududiy boshqarmasiga borib yoqtirib kelishim kerak. Mana, bugun ham «to‘lovingiz 1 kunlik qoldi», deb SMS xabarnoma keldi, hisobimda 9000 oshiqroq pul qolgan ekan, shu zahoti 50000 so‘m to‘lov qildim. Afsuski, oradan 2 soat o‘tib elektrimni o‘chirishdi. Bu qanaqa tashkilot o‘zi?!

2 soatni ichida meni qarzga kiritvoradigan darajadagi elektr uskunam yo‘q uyimda! Hisobimda 60000 pulim bo‘lsa ham o‘chirib qo‘yaversa, tuturug‘i bormi bu tashkilotni? Kechiktirib bo‘lmaydigan davlat xizmatida bo‘lganlar uchun, «elektroset»ga borishga vaqti bo‘lmaydiganlar uchun yaratilmaganmidi bu onlayn “schyotchik”laring...?

Telefon qilsang telefonini olmasa, CALL markazlaring 1 soatlik navbatda bo‘lsa, kamiga mazkur CALL markazingga kutgan vaqting uchun hisobdan otni kallasidek pul yechsa? Har minuti 1000 so‘mdan... Qaysi hujjatda yozib qo‘yilgan CALL markazga qo‘yilgan telefonni kutgani uchun abonentda shunday hisobda pul yechsin deb?! CALL sentrga qo‘yilgan telefonlar odatdagi to‘lovga ishlaydigan telefon bo‘lishi, aholini og‘irini yengillatadigan telefon bo‘lishi kerak emasmi?..
Meni elektr ta'minotim qachon hisobimda hech bo‘lmasa 5000 bo‘lganda o‘chadigan va qachon to‘lov qilsam o‘zi avtomatik yonadigan bo‘ladi va buning uchun nima qilish kerak? Shu savolga javob bersangiz!»

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro G‘ayrat Najmiddinovich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MA'LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/10548

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

‼ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

Call centre: 1154

Iste'molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>