Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Shaxaman ko‘chasiga to‘liq yoritkichlar o‘rnatishda amaliy yordam berishingizni so‘rayman...»
  • 04.04.2022
  • 348

Murojaat egasi: Qurbanbayev Dalibay Umbetbayevich

Elektron pochta: dali022086_@gmai.com

Murojaat mazmuni: «Nukus shahridagi 41-MPJ (MFY) 2021-yili “Obod mahalla” dasturiga kiritilgandi. Ko‘chalarni yoritish ishlari olib borildi. Hududda joylashgan Shaxaman ko‘chasida elektr to‘sinlariga (stolba) “svet” o‘rnatish to‘liq bajarilmasdan qolib ketdi. Sabab, stolba o‘rnatish lozim bo‘lgan joyga gaz quvuri ko‘chaning o‘rtasidan o‘tib,  elektr ustuni qo‘yish texnikalari (yuk ko‘tarish moshinasi) kira olmagani. Shu masalada elektr ustunlari o‘rnatib, Shaxaman ko‘chasiga to‘liq yoritkichlar o‘rnatishda amaliy yordam berishingizni so‘rayman. Qurbanbayev Dalibay, Nukus shahar, 41-Shaxaman ko‘chasi, 25-uy turg‘uni.»

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Dalibay Umbetbayevich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmati hamda Nukus shahar hokimiyatiga (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga) yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MA'LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/10548

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar KengashiQoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hukumat portali: http://karakalpakstan.uz/uz

‼ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

Call centre: 1154

Iste'molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>