«Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda»
Prezident: «Toshkent investitsiya forumida ko‘p milliard dollarlik shartnomalar va kelishuvlariga erishildi»
  • 31.03.2022
  • 281

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, jahon iqtisodiyotidagi murakkab vaziyatdan kelib chiqib hudud va tarmoqlarni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

“Oyning boshida alohida komissiya tuzib, barcha xavf-xatarlarni hisob-kitob qilganimiz va eng dolzarb yo‘nalishlarda o‘z vaqtida tezkor choralarni ko‘rishni boshlaganimiz o‘z natijasini bera boshladi”, dedi davlat rahbari yig‘ilish avvalida.

Toshkent tovar-xomashyo birjasida chet el korxonalari bug‘doy, un, shakar, o‘simlik yog‘i kabi mahsulotlarni savdoga qo‘yishni boshladi. Bunga, temir yo‘lda tashishga ichki tariflar qo‘llanilmoqda.

Bu ishlarning davomi sifatida bir hafta muddatda:

- xorijiy yirik ishlab chiqaruvchilar va ulgurji savdo tashkilotlarini Tovar-xom ashyo birjasi savdolariga keng jalb qilish;

- temir yo‘l tariflari va tannarxni ichiga kirib, ularni yanada pasaytirish choralarini ko‘rish vazifasi qo‘yildi.

 

 

>