«Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda»
Prezident: Barqaror o‘sishini ta'minlashning eng samarali yo‘li — ichki imkoniyatlarni ishga solish, ya'ni import bo‘layotgan tayyor mahsulotlarni o‘zimizda ishlab chiqarish va mahalliy sanoatni yanada rivojlantirish
  • 11.03.2022
  • 273

Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

“Bugungi o‘zgaruvchan sharoitda iqtisodiyotimizni barqaror o‘sishini ta'minlashning eng samarali yo‘li – ichki imkoniyatlarni ishga solish, ya'ni import bo‘layotgan tayyor mahsulotlarni o‘zimizda ishlab chiqarish va mahalliy sanoatni yanada rivojlantirishdan iborat.

Bu milliy iqtisodiyotimizning ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak.

Buni o‘ylamagan, atrofdagi vaziyatdan bexabar, siyosatni tushunmaydigan hokim yoki tarmoq rahbarining ishlashga haqqi yo‘q”, dedi davlatimiz rahbari.

37 trillion so‘mlik yangi mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha 2022-2023-yillar uchun 2,5 mingta loyihani ishga tushirish bo‘yicha qabul qilingan dasturning aniq ijrosini so‘rash vaqti kelgani qayd etildi.

Prezident ko‘p tarmoq va hudud rahbarlari bu masalada hali dunyoqarashini o‘zgartirmagani, hozirgi vaziyatdan xulosa chiqarmayotganini tanqid qildi.

 

Manba:

https://t.me/Press_Secretary_Uz/1378

https://t.me/Press_Secretary_Uz/1379

https://t.me/Press_Secretary_Uz/1380

https://t.me/Press_Secretary_Uz/1381

https://t.me/Press_Secretary_Uz/1382

https://t.me/Press_Secretary_Uz/1383

https://t.me/Press_Secretary_Uz/1384

https://t.me/Press_Secretary_Uz/1385

https://t.me/Press_Secretary_Uz/1386

https://t.me/Press_Secretary_Uz/1387

 

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>