Yangiliklar
«DENOV» PODSTANSIYASIDAGI TRANSFORMATORNI KATTA QUVVATLISIGA ALMASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
  • 27.01.2020
  • 953

  «Surxondaryo MET» filiali tasarrufidagi 220/35/6 kVli «Denov» podstansiyasida mavjud quvvati 40 000 kVA bo‘lgan, 1965-yilda Tolyati transformator zavodida ishlab chiqarilgan T-2 kuch transformatori o‘ta yuqori yuklamada ishlashi oqibatida mavjud yuklamani ko‘tara olmayotgan edi. Ushbu trasformator modernizatsiya rejasi asosida almashtirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ayni paytda podstansiya hududiga olib kelingan yangi 63 000 kVA quvvatli kuch transformatorga almashtirilmoqda.   

  Ushbu munosabat bilan Surxondaryo viloyatining Denov tumani va tumanga chegaradosh hududlarda elektr ta'minotida ma'lum miqdordagi cheklovlar o‘rnatilishiga majbur bo‘linmoqda. Cheklovlarni kamaytirish maqsadida zaxira manbalari safarbar etilgan va modernizatsiya ishlari 4 fevral sanasigacha davom etadi.

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ma'muriyati elektr energiyaga keskin sur'atlarda oshib borayotgan ehtiyojni qondirish, xususan ishlab chiqaruvchi korxonalarda rejaga muvofiq ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini iste'molchilarga taqsimlab beruvchi tashkilotlar yetkazib berish, energoresurslar iste'moli sezilarli daraja oshgan paytda elektr enegiyasi importi amaliyotlarini bajarish, shu bilan birga, respublikamiz va mintaqa energotizimida barqarorlikni ta'minlash (xavfsizlik muvozanatini o‘rnatish) uchun barcha kuchlarni safarbar etgan.

  Ayni paytda «Denov» podstansiyasida mutaxassis xodimlar modernizatsiya dasturi amaliyotini qisqa muddat ichida sifatli bajarishi uchun navbatchilik tashkil etib, tunu kun mehnat qilishmoqda.

  Yuzaga kelgan texnik holat uchun iste'molchilardan uzr so‘raymiz.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Kanalga a'zo bo‘ling! t.me/uzmetaxborotxizmati

>