Kelib tushgan murojaatlar
Fuqaro murojaatiga javob: Aksiyadorlik jamiyatida foydalanilgan transformator moyi va rangli metall parchalari bo‘yicha kamomad holatlari aniqlanmagan
  • 12.04.2022
  • 272

Mamlakatimizda har bir shaxs davlat organlariga, muassasalariga va tashkilotlariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Biroq, afsuski, oramizda o‘z manfaatlari yo‘lida boshqalar ustidan turli idoralarga asossiz va o‘z tasdig‘ini topmagan holatlar bo‘yicha arizalar bilan murojaat qilish holatlari ham yuz bermoqda.

Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, “Darg‘ali” MFY, Darg‘ali qishlog‘ida yashovchi fuqaro Turdiev Jurabek Atokulovich 2021-yil 6-dekabrda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning filiallarida mavjud bo‘lgan yuqori kuchlanishli transformatorlar ichidagi rangli metall parchalari va foydalanilgan transformator moylarini fuqaro J.Turdievga sotmasdan boshqa shaxslarga sotilayotgani (!) hamda ularni sotib yuborgan mansabdor shaxslarga nisbatan chora ko‘rish (!) lozimligi haqida ariza bilan murojaat qilgan edi.

J.Turdiev 2021-yil 14-dekabrda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga qayta ariza bilan murojaat etib, muqaddam yozilgan, ya'ni 2021-yil 6-dekabrdagi arizasini Jamiyat filiali xodimlari bilan tortishib qolganligi tufayli, jahl ustida ariza yozishga majbur bo‘lganligini ko‘rsatib, avvalgi arizasini o‘rganmasdan (!) oqibatsiz qoldirilishini so‘ragandi.

So‘ngra, 2022-yil 3 va 7-fevral sanalarida J.Turdiev “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga takroran yozgan arizasida 2021-yil 6-dekabrdagi arizasida ko‘rsatilgan vajlarni qonuniy o‘rganishni so‘rab murojaat qildi.

Fuqaro J.Turdievning arizasida ko‘rsatilgan vajlar 2022-yil 9-fevral kuni “O‘zbekiston MET” AJning mas'ul shaxslari tomonidan o‘rganilganida, foydalanilgan transformator moyi va rangli metall parchalari bo‘yicha kamomad holatlari aniqlanmadi.

Bu haqda arizachi J.Turdievga yozma ravishda ma'lum qilindi hamda yuqori kuchlanishli transformatorlar ichidagi rangli metall parchalari va foydalanilgan transformator moylari belgilangan tartibda, normativ huquqiy hujjatlar asosida, qonunda belgilangan joyga topshirilishi tushuntirildi. Shuningdek, 2022-yil 6-aprel kuni “O‘zbekiston MET” AJ mansabdor shaxslari tomonidan J.Turdiev ishtirokidagi shaxsiy qabul o‘tkazilib, unga arizasida nazarda tutilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topmaganligi bo‘yicha tushuntirish berildi.

Shaxsiy qabul jarayonida J.Turdiev dastlabki arizasida ko‘rsatilgan talablari bajarilmagan taqdirda, “O‘zbekiston MET” AJ va mas'ul shaxslari obro‘sini to‘kish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda videoroliklar joylashtirishini aytib tahdid qildi.

J.Turdiev 2022 yil 11 aprel kuni facebook.com ijtimoiy tarmog‘iga hali o‘z isbotini topmagan holatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga videomurojaatini joylashtirdi.

https://www.facebook.com/profile.php?id=100052043919437

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra har bir shaxs tuhmat uchun javobgarlik mavjudligini bilishi shart!

Yana shuni alohida ta'kidlaymizki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati barcha vakolatli organlar uchun ochiq. Aksiyadorlik jamiyati faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan, qonunchilikda nazarda tutilgan barcha talablar ijro etib kelinmoqda.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ xodimlari tomonidan qonun buzilish holatlari yuz berganda yuridik va jismoniy shaxslar quyidagi elektron manzillarimizga murojaat qilishlari mumkin:

Elektron pochta: info@uzbekistonmet.uz   

E-xat: uzbekiston_met@exat.uz    

Call sentry raqami +998 (55) 500-5545

ISHONCH RAQAMI, ya'ni fuqarolar murojaati uchun maxsus telefon raqami: +998 71-208-56-46

Veb-sahifa http://uzbekistonmet.uz/

 Telegram http://t.me/uzmetaxborotxizmati

Facebook https://www.facebook.com/

Instagram https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz

Twitter https://twitter.com/uzbekistonme

Utube https://utube.uz/ru/users/7208

Youtube https://www.youtube.com/channel/UC6cRpsasTIKnReaCXXqccdg

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>