Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Ikkita ko‘chadagi yangi xo‘jaliklariga elektr tarmoqlari tortilmagan, amaliy yordam berishingizni so‘raymiz...»
  • 11.04.2022
  • 272

Murojaat egasi: Astanov Ulug‘bek Xolmo‘minovich

Elektron pochta: jamshidmardanov038@gmail.com

Paxtachi tumani elektr tarmoqlari yangi xo‘jaliklarga elektr tarmoqlarini tortib bermayapti. 4 yil bo‘ldi bizni har xil yolg‘on javob xatlari bilan aldab kelmoqda. Qishloq tarmog‘iga ulanganmiz, kuchlanish 160 V ga tushib qoladi. Ikkita ko‘chaga elektr tarmoqlari tortilmagan, amaliy yordam berishingizni so‘raymiz.»

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Ulug‘bek Xolmo‘minovich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmati hamda Samarqand viloyati hokimiyatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MA'LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

 Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/10548

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

Samarqand viloyati: https://t.me/e_turdimov

‼ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

Call centre: 1154

Iste'molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>