OAV va jamoatchilik bilan ishlash
OAV: «2021-yilda Qozog‘istonda QTE elektr energiyasi ishlab chiqarish 30 %ga oshdi»
  • 20.04.2022
  • 287

Natijada, elektr energiyasi ishlab chiqarishning umumiy hajmida QTE tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ulushi bir yil avvalgi 3 %ga nisbatan 3,7 %ni tashkil etdi, deb xabar bermoqda «EnergyProm» sayti

2021-yilda QTE ob'ektlari orasida elektr energiyasi ishlab chiqarishning katta qismi shamol elektr stansiyalariga to‘g‘ri keldi – 1,8 milliard kVt•s (o‘tgan yilga nisbatan 65 %ga ko‘p). Quyosh elektr stansiyalari esa 1,6 mlrd kVt•s (21,6% o‘sish) energiya ishlab chiqardi.

Qozog‘istonda qayta tiklanadigan energiya manbalarining (QTE) o‘rnatilgan quvvati o‘tgan yili 23 %ga oshdi va 2010 MVtni tashkil etdi.

Shamol energetikasi quvvati 40,6 %ga oshib, 684 MVtga yetdi. Quyosh energiyasi ishlab chiqarish ham yil davomida 13,8 %ga oshdi va 2022 yil boshida 1037 MVtni tashkil etdi.

#quyoshenergiyasi #shamolenergiyasi

Manba: https://t.me/clearenergy/1435

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>