Qiziqarli xabarlar
LAMPOCHKANI KIM IXTIRO QILGANINI BILASIZMI?
  • 29.01.2020
  • 38082

Dastlab kolba ichida elektr tokiga qarshilik qiluvchi moslama «ko‘mir sim» shaklida bo‘lib, yorug‘ligi juda kuchsiz bo‘lgan...

Lampochka kimning ixtirosi?

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida takomillashib borgan elektr yoritkichlarining ko‘rinishi

Ushbu ixtironing dastlabki «uchqunlari» 1840-yillarga borib taqaladi. Parijda o‘qib, Londonda ilmiy ishlar olib borgan normandiyalik olim Uorren De La-Ryu (1815–1889) avval rasadxona, so‘ng qog‘oz ishlab chiqarish fabrikasini yuritadi.

Uorren De La-Ryu 1840-yilda vakuumli trubkaning ichiga sim ulab, elektr qarshiligi tufayli yorug‘lik paydo bo‘lishini tajriba qilib ko‘radi. Uning aynan mana shu tajribasi keyinroq elektr lampochkasining ixtiro qilinishiga sabab bo‘lgan.

Mazkur tajribani keyinroq Genrix Gebel (1818–1893) ismli germaniyalik soatsoz usta, o‘z yo‘nalishida ixtirochi bo‘lgan tadbirkor yanada takomillashtirgan.

1878-yilda ingliz olimi Jozef Svan (1828–1914) shisha kolba shaklidagi birinchi lampochkani yaratdi. Kolba ichida elektr tokiga qarshilik qiluvchi moslama «ko‘mir sim» shaklida bo‘lib, yorug‘ligi juda kuchsiz bo‘lgan.

Dastlabki va zamonaviy yoritkich namunalari

  1879-yilda esa ixtirochi Tomas Edison (1847–1931) ham hozirda biz ishlatadigan, xo‘jalik buyumiga yaqinroq bo‘lgan lampochkani ixtiro qildi. Biroq uning ixtirosida Svanning tajribalari asos bo‘lib, Tomas uni yanada takomillashtirdi.

  Natijada u 1880-yildan boshlab donasi 2,5 dollar bo‘lgan lampochkalarning dastlabki ko‘rinishini ishlab chiqarib, aholiga sota boshladi.

  Oradan biroz vaqt o‘tgach, Jozef Svan bilan Tomas Edison o‘z mablag‘ hamda bilimlarini birlashtirishga qaror qilishdi va «Edison end Svan Yunayted Elektrik Layt kompani» tashkilotiga asos solindi.

Kanalga a’zo bo‘ling! t.me/ulugbekijodnamunalari

>