OAV va jamoatchilik bilan ishlash
OAV: ""Oltin qalam" XVI milliy mukofoti sovrindorlari taqdirlandi"
  • 05.05.2022
  • 525

Bugun, poytaxtimizdagi "Turkiston" saroyida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan o‘tkaziladigan an’anaviy "Oltin qalam" XVI Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovning g‘olib va sovrindorlarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

 

Tadbir avvalida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov so‘zga chiqib, tanlovning shaffof va ochiq o‘tkazilganligi, hakamlar hay’ati tomonidan har bir yo‘nalishdagi jurnalistik materiallar chuqur tahlil ostida baholanganini ta’kidladi. Shuningdek, tanlov g‘oliblari, sovrindorlari va ishtirokchilarini samimiy qutlab, ularning xolis faoliyat ko‘rsatishlariga muvaffaqiyat tiladi.

 

 

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari, Prezident matbuot kotibi Sh. Asadov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni 3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuni hamda So‘z erkinligi indeksining 2022 yilgi reytingida O‘zbekiston pozisiyasining 24 o‘ringa ko‘tarilib 133-o‘ringa ko‘tarilgani bilan qutladi. "Oltin qalam" sohiblarini qutlar ekan, Davlatimiz rahbari boshchiligida so‘z va matbuot erkinligi borasidagi jadal islohotlar bugungi milliy jurnalistikamizda o‘z aksini topganini ta’kidlab o‘tdi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, bu yilgi tanlovga 435 nafar jurnalist  5 000 ga yaqin ijodiy materiali bilan ishtirok etgan. Ular orasida Yevropa, Osiyo, Afrika, Amerika qit’asidan ham jurnalistlar qatnashgan.

Tadbirda AOKA direktori A. Xodjayev qatnashib, Televideniye yo‘nalishida eng yaxshi jurnalistik material sovrindorlariga Milliy mukofotni topshirdi. Shuningdek, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi A.Xodjayev, O‘zA raisi A.Ko‘chimov, O‘zMMA raisi Sh. Qudratxo‘ja, Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari F.Sidikov ham ishtirok etib, tanlov g‘oliblariga "Oltin qalam"ni taqdim etishdi.

 

 

Shundan keyin Radio, Bosma nashrlar, Internet jurnalistika hamda chet ellik jurnalistlarning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun g‘oliblar maxsus  diplom, "Oltin qalam" ko‘krak nishoni, statuetka va katta miqdordagi pul mukofoti bilan taqdirlandilar. Tanlov g‘oliblari va sovrindorlari bilan quyida tanishing:

Televideniye yo‘nalishida eng yaxshi jurnalistik material

1-o‘rin:

Yulduz Fayziy "Madaniyat va ma’rifat" telekanali katta muharriri

2-o‘rin:

Sevimli telekanai "Zamon" informasion dasturi muxbiri Nurmuhammedova Mo‘tabar

3-o‘rin: 

Farg‘ona viloyati "Ruxsor Tv" telekanali

Mamasodiqova Maftuna

 

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot(radio)

1-o‘rin: 

Farog‘at Barnoyeva

Navoiy viloyati radiokanali katta muharriri. 

2-o‘rin: 

Choriyeva Zarbibi

"O‘zbekiston24"radiokanali bosh muharriri

3-o‘rin:

Maqsudova Nodira "Grand" radiokanali bosh muharriri

 

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (internet-jurnalistika)

1-o‘rin:

Norgul Abduraimova,

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi - O‘zA sharhlovchisi 

2- o‘rin:

Ilyosbek Safarov

Kun.uz internet sayti muxbiri

3-o‘rin: 

Anvar Nomozov

Xabar.uz axborot portali muxbiri

 

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (bosma nashrlar)

1-o‘rin: "Xalq so‘zi" gazetasi bosh muharriri O‘tkir Rahmatov.

2-o‘rin: "Erkin Qoraqalpog‘iston" gazetasi Guloyim Safarova, Qoraqalpog‘iston

2-o‘rin: Surhondaryo viloyati Qiziriq tumani "Taraqqiyot" gazetasi bosh muharriri Chori Alimov

3-o‘rin: "Yoshlar kundaligi" gazetasi bosh muharriri Begzod Qobulov

 

"Oltin qalam" bosh mukofoti

«O‘zbekiston tarixi» telekanali taqdirlandi.

 

Chet ellik jurnalistlarning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun

1-o‘rin Nizam Shaxin, Turkiya teleradiokompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi jamoasi;

2-o‘rin Barbara Ditrix, "Diplomatic World" jurnali bosh muharriri (Belgiya);

2-o‘rin Xalid Taymur Akram, "NNational Herald Tribune" kundalik gazetasi yetakchi ijrochi muharriri;

2-o‘rin O‘rinboy Usmonov, "Xalq ovozi" gazetasi muxbiri; 

2-o‘rin Sanjay Kumar, "The Korea Herald" gazetasi muharriri

 

Rag‘batlantiruvchi nominasiyalar:

  "Mahalla, oila va gender tenglik mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallari uchun"

   Darakchi.uz sayti muharriri Farida Egamberdiyeva

   «Inson qadrini ulug‘lashga bag‘ishlangan eng yaxshi materiallari uchun» 

     Shuhrat Dehqonov "Nuroniy" gazetasi mosh muharriri

    «O‘zbekiston tarixi yoritilgan eng yaxshi material uchun»

    "Adolat" gazetasi muharriri Kamol Matyoqubov

    «Eng yaxshi fotoreportaj uchun»

     Daryo.uz internet sayti fotografi MADINA NURMAN

    «OAV bilan eng faol hamkor axborot xizmati»

     Energetika vazirligi matbuot kotibi Elmira Bekmurodova

Manba: https://aoka.uz/news/1248

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>