Yangiliklar
"Samarqand magistral elektr tarmoqlari" filiali: “XAVFSIZLIK TEXNIKASI” KUNI O‘TKAZILDI
  • 10.05.2022
  • 451

Samarqand magistral elektr tarmoqlari rahbar xodimlari,  “Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi guruhi” xodimi va “O'zbekiston MET” Surхon-Puli-Xumri direksiyasi boshlig'i O.Raximov  ishtirokida joriy yil 10-mayga belgilangan “Xavfsizlik texnikasi” kuni dasturi hamda tasdiqlangan jadval asosida Podstansiyalarda va liniya xizmatlarida “Xavfsizlik texnikasi” kuni oʼtkazildi.

Xodimlar tomonidan tashkil qilingan ish joylarida, ro'yhatga asosan himoya vositalarini hisobga olish va saqlanishi, sinovdan o'tkazilganligi, naryad-ijozat tizimiga rioya qilish, ishni xavfsiz olib borish uchun naryad-ijozat berish va toʼgʼri toʼldirilganligiga rioya qilish, xavfsizlik choralarini yetarliligi tahlil qilindi. Yoʼl qoʼyilayotgan xato va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish boʼyicha koʼrsatmalar berildi. Аmalga oshiriladigan barcha ekspluatatsiya ishlari xavfsizlik texnikasi qoidalari talablari asosida bajarilishi boʼyicha topshiriqlar berildi.

"Samarqand magistral elektr tarmoqlari"  filiali “Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi guruhi”

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>