Yangiliklar
220 kV kuchlanishli «Sirg‘ali» podstansiyasida Press-tur tadbiri boshlandi
  • 12.05.2022
  • 225

AOKA tomonidan 2022-yil II chorakda o‘tkaziladigan matbuot anjumanlari va press-turlar yuzasidan Media-rejaning tegishli bandiga muvofiq «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi 220 kV kuchlanishli “Sirg‘ali” podstansiyasida Press-tur tadbiri boshlandi.

⚡️Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari, AOKA mutaxassislari hamda Energetika vazirligi tizimidagi tashkilotlar matbuot kotiblari ishtirok etishmoqda.

⚡️«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari, «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali mas'ul xodimlari 2018-yilda Prezident qaroriga muvofiq qurilib foydalanishga topshirilgan yuqori kuchlanishli podstansiyaning mamlakatimiz elektr energetika tarmig'idagi o'rni, Toshkent shahri va Toshkent viloyati iste'molchilari, sanoat korxonalari va kichik va o'rta biznes vakillari faoliyatiga xizmat qilishi tushuntirib berildi.

Ma'lumot o‘rnida: 220 kVli “Sirg‘ali” podstansiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3638-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-iyundagi VMQ-540-sonli qaroriga asosan amalga oshirilgan «Toshkent metallurgiya zavodining tashqi elektr ta'minoti ob'ektlarini qurish» investitsion loyihasi doirasida qurilib foydalanishga topshirilgan.

❗️Eslatib o'tamiz: Press-tur tadbiridan so'ng 2022-yil 1-chorak yakunlariga bag‘ishlangan Matbuot anjumani yoqori kuchlanishli podstansiyaning o'zida bo‘lib o‘tadi.

 

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>