Yangiliklar
220 kV kuchlanishli “Sirg‘ali” podstansiyasida Aksiyadorlik jamiyatining 2022-yil 1-chorak yakunlariga bag‘ishlangan Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
  • 12.05.2022
  • 286

Avval xabar berganimizdek, AOKA tomonidan 2022-yil II chorakda o‘tkaziladigan matbuot anjumanlari va press-turlar yuzasidan Media-rejaning tegishli bandiga muvofiq «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi 220 kV kuchlanishli “Sirg‘ali” podstansiyasida Press-tur tadbiri yakunlanib,  Aksiyadorlik jamiyatining 2022-yil 1-chorak yakunlariga bag‘ishlangan Matbuot anjumani boshlandi.

Matbuot anjumanini «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi U.P.Urunov olib bordi. U ommaviy axborot vositalari vakillari hamda matbuot anjumani rayosatidan joy olgan mutaxassislar tanishtirib, birinchi so‘zni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari S.S.Artikovga berdi.

 

 

Sobirjon Sadullayevich press-tur va matbuot anjumani ishtirokchilarini ushbu media-tadbirlarga tashrif buyurgani uchun «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov nomidan minnatdorlik bildirib, OAV vakillarini Aksiyadorlik jamiyatining 2022-yil 1-chorak yakunlariga bag‘ishlangan qisqacha hisobot tezislari bilan tanishtirib o‘tdi.

O‘zbekiston milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston”, “Madaniyat va ma'rifat” va “O‘zbekiston-24” telekanallari, “Pravda Vostoka” va “O‘zbekko‘mir”gazetasi tahririyati, “O‘zbekiston-24” radiokanali vakillari hamda turdosh tashkilot matbuot kotiblarining savollariga «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari S.S.Artikov, Iqticodiyot va moliya bosh boshqarmasi I.Begaliyev, Elektr energiyasini xarid qilish va sotish bosh boshqarmasi boshlig‘i N.Mahmudov, «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori A.Baymuhammedov javob berdi.

 

 

Matbuot anjumani yakunida tadbir ishtirokchilari «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi maxsus texnika va mexanizmlar bilan tanishishdi.

Ma'lumot o‘rnida: 220 kVli “Sirg‘ali” podstansiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3638-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-iyundagi VMQ-540-sonli qaroriga asosan amalga oshirilgan «Toshkent metallurgiya zavodining tashqi elektr ta'minoti ob'ektlarini qurish» investitsion loyihasi doirasida qurilib foydalanishga topshirilgan.

 

 

Qo`shimcha ma'lumotlar:

https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/25783?single

https://uzdaily.uz/uz/post/7549

https://uza.uz/uz/posts/sirgali-podstanciyasi-bilan-tanishuv-va-uch-oylik-sarhisob_371772


«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>