OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Elektr stansiyalarini raqamlashtirish boʻyicha qoʻshma loyiha amalga oshiriladi
  • 14.05.2022
  • 215

Davlatimiz rahbari tomonidan elektrotexnika sanoatini rivojlantirish istiqbollariga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishda ishlab chiqarish, eksport va investitsiya hajmini bir necha barobarga oshirish vazifalari qoʻyilgan edi.

Ayni paytda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi Rossiyaning bir qator yirik kompaniya vakillari bilan turli yoʻnalishlarda hamkorlik aloqalarini oʻrnatmoqda.

Rossiyaning yirik “Elektrozavod” kompaniyasi ishtirokida elektr taʼminoti podstansiyalarining bugungi holatini yaxshilash maqsadida bir qator takliflar ilgari surilmoqda. 

Xususan, bugun Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlariga qarashli “Ozodlik” va “Yuksak” podstansiyalariga tashrif buyurilib, stansiyalarni zamon talablari darajasida texnik va texnologik qayta yangilash, loyihalashtirish va raqamlashtirish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Manba: https://xs.uz/uz/77943

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>