Yangiliklar
15-MAY — XALQARO OILA KUNI
  • 15.05.2022
  • 513

Yodingizda bo‘lsa, 2018-yil 27-iyun kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorni qabul qilgan edi. Mazkur hujjatga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida bu yo‘nalish bo‘yicha  asosiy vazifalar belgilab olingan.

Xalqaro oila kuni butun dunyoda har yili 15-may kuni nishonlanadi. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ma'muriyati ushbu munosabat bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.

Barchangizga oilaviy baxt-saodat tilaymiz!

Qo‘shimcha ma'lumot: umumjamiyatimiz asosi hisoblanmish oilalar baxti va unga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgan ayrim omillar haqida ta'sirchan lavha: ⇒ https://t.me/ulugbekijodnamunalari/120

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>