Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Adashib to‘langan 60 400 000 so‘m pulni boshqa elektr ta'minoti korxonasiga to‘lov sifatida qabul qilishingizni so‘raymiz»
  • 07.05.2022
  • 254

Murojaat egasi: Dadajonov Ixtiyor Baxtiyorovich

Elektron pochta: info@bayanmedical.uz

Murojaat mazmuni: «Assalomu alaykum. Bizning korxona Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi 160-uyda joylashgan. Elektr energiyadan qarzdorligimiz vujudga kelganligi sababli, 09.02.2022-yilda 126-sonli to‘lov topshiriqnoma orqali adashib Yunusobod tumani elektr tarmoqlari o‘rniga, “Toshkent shahar elektr tarmog‘i” AJning 20231000050012695??75 hisob raqamiga 60 400 000 (oltmish million to‘rt yuz ming) so‘m o‘tqazib yuborilgan. Bizning yozma murojaatlarimizga “Toshkent shahar elektr tarmog‘i” AJ tomonidan hisob raqamlarga soliq idoralari tomonidan kartoteka 2 bilan band solinganligi va pulni qaytarish inkassa topshiriqnomasi orqali mumkinligi to‘g‘risida javob xati yuborilgan. Yuqoridagilarni inobatga olib, “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ va Yunusobod tumani elektr ta'minoti korxonasi o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob qilish yo‘li bilan, adashib to‘langan 60 400 000 so‘m pulni biz tomonimizdan Yunusobod tumani elektr ta'minoti korxonasiga to‘langan deb hisoblanishiga amaliy yordam berishni so‘raymiz.»

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Ixtiyor Baxtiyorovich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MA'LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil:  https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

 Ijtimoiy tarmoq sahifalari:  https://t.me/uzmetaxborotxizmati/10548

“Murojaatlar” rukni:  https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

‼ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

Call centre: 1154

Iste'molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>