Yangiliklar
«O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!»: surxondaryolik energetiklar ko‘hna va hamisha navqiron Buxoroda
  • 16.05.2022
  • 364

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek, ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida, «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturiga muvofiq «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi joriy yilning 14–15-may kunlari ko‘hna va hamisha navqiron Buxoro shahriga sayohat uyushtirdi.

Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi  45 nafar surxondaryolik energetiklarning ziyorat tadbiri filial kasaba uyushmasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi.

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>