Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Olmaliq shahri dehqon bozorida chiroq doim o‘chadi!»
  • 16.05.2022
  • 35

Murojaat egasi: Olloyorov Xushnud Gulimbatovich

Elektron pochta: mirzobek.1993@mail.ru

Murojaat mazmuni: «Assalomu alaykum! Toshkent viloyati, Olmaliq shahri dehqon bozorida chiroq doim o‘chadi. Bu shahar elektr ta'minoti balansiga kirmas ekan. “Svet” o‘chsa na elektrik keladi bozorga, na bozor direktori. Doim qiynalamiz shu masalada...»

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Xushnud Gulimbatovich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ hamda Toshkent viloyati hokimligi (Olmaliq shahar hokimligi) matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MA'LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

 Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/10548

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

‼ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

Call centre: 1154

Iste'molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

Toshkent viloyati hokimligi https://toshvil.uz/

 

Ishonch telefoni: (0 371) 200 88 11; Yagona telefon: (0 371) 232 80 63.

Olmaliq shahri hokimligi: www.olmaliq.uz, telefon: 0 370 61-4-03-30.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>