Yangiliklar
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati vakillari xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etishdi
  • 18.05.2022
  • 395

Avval xabar  berganimizdek, bugun, 2022-yil 18-may kuni “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2022”, “Energetika, energiya tejamkorlik, atom energetikasi, muqobil energiya manbalari – Power Uzbekistan 2022” xalqaro ko‘rgazmalari va “Yashil energetika texnologiyalari – GETCA 2022” ixtisoslashtirilgan bo‘limi o‘z ishini boshladi.

Xalqaro ko‘rgazmaning ochilish marosimida «O‘zbekiston miliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati rahbariyati hamda mutaxassislar ishtirok etishdi.

Dunyoning 15 ta mamlakatdan 173 ta kompaniya va brendlar o‘z mahsulot hamda xizmat turlarini taqdim etayotgan markur xalqaro ko‘rgazmada Energetika vazirligi va uning tizimidagi tashkilot vakillari ham ishtirok etib, ko‘rgazma faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati rahbariyati hamda mutaxassislari "O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2022”, “Energetika, energiya tejamkorlik, atom energetikasi, muqobil energiya manbalari – Power Uzbekistan 2022” xalqaro ko‘rgazmalarida yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyachlar uchun turli uskuna va jihozlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning mahsulotlari bilan yaqindan tanishdilar.

 

 

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>