Kelib tushgan murojaatlar
MUROJAAT MAZMUNI: «SURXONDARYO, DENOV... BIZNING MAHALLAMIZDA ELEKTR TOKI UMUMAN YO‘Q!»
  • 04.02.2020
  • 1363

  MUROJAAT MAZMUNI: Men Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Yangiobod MFY, Yangiariq mahallasidan fuqaro Azamat Ostonqulov bo‘laman. Mana, o‘n kundirki, bizning mahallamizda elektr toki umuman yo‘q! 2 yoki 3 kunda bir marotaba, 1 soatga elektr toki berilmoqda.

Tabiiy gaz umuman mavjud emas. Kamiga yosh bolali oilalar, qariyalar va kasalmand kishilar bor... Qahraton qishda sovuqdan shamollab, o‘lib ketishimiz uchun elektr tokisiz qoldirib, sabrimizni sinayapsizlarmi?

Axir oddiy xalqning dardini etishib, ahvolini bilib, muammolarini hal etib, ularga xizmat qilish kerak emasmi? Bu davlatga, davlat rahbariga xiyonat emasmi?

Ushbu murojaatni ko‘rib chiqib, mavjud muammoni hal etish va bu to‘g‘rida ma'lumot berishingizni so‘rayman!

  MUROJAATGA JAVOB: Hurmatli iste'molchi Azamat Ostonqulov! Sizning Energetika vazirligining info@minenergy.uz elektron pochtasiga yuborgan rasmiy murojaatingiz «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati tomonidan ma'lumot va ijro uchun qabul qilindi.

  Sizning shikoyatingizda ko‘tarilgan masala Jamiyatimizga turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati vakolatlari doirasida bo‘lib, energotizimda mavjud barqarorlik muvozanatini saqlash maqsadida ma'lum miqdordagi cheklovlar o‘rnatilishi bevosita «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ hamda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ faoliyatlari bilan chambarchas bog‘liq.

  Ma'lum qilamizki, Siz murojatingizda ko‘rsatgan davr: 2020-yilning 18–28-yanvar kunlari Surxondaryo viloyati iste'molchilariga elektr energiyani taqsimlab yetkazib beruvchi «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining viloyat hududiy tashkilotlari tasarrufiga sutkalik o‘rtacha 8,8–9,0 mln kVt•soat elektr energiyasi yetkazib berilgan. Xususan, «Denov» podstansiyasi orqali mazkur davr ichida sutkalik o‘rtacha 1,35–1,04 mln kVt•soat elektr energiyasi uzatib berilgan. 

"Denov" podstantsiyasidagi modernizasiya dasturi amaliyoti mo'ljaldagi muddatdan ilgari tugatildi va podstantsiyasi quvvati qo'shimcha 23000 kVaga oshirildi

  Shu bilan birga, aynan shu davr oralig‘i, aniqrog‘i 25 yanvardan 1 fevralgacha Jamiyatimiz tarkibidagi «Surxondaryo magistral tarmoqlari» filialiga qarashli 220/35/6 kVli «Denov» podstansiyasida mavjud quvvati 40 000 kVA bo‘lgan, 1965-yilda Tolyati transformator zavodida ishlab chiqarilgan T-2 kuch transformatori (o‘ta yuqori yuklamada ishlashi oqibatida mavjud yuklamani ko‘tara olmayotgani sababli) modernizatsiya dasturi asosida yangi, 63000 kVA quvvatli kuch transformatoriga almashtirildi.   

  Manba: t.me/uzmetaxborotxizmati

  Manba: uzbekistonmet.uz

Ushbu munosabat bilan Surxondaryo viloyatining Denov tumani va tumanga chegaradosh hududlarda elektr ta'minotida ma'lum miqdordagi cheklovlar o‘rnatilishiga majbur bo‘lingani, shu bilan birga, modernizatsiya dasturi amaliyoti mo‘ljaldagi muddatdan ilgari tugatilgani, ya'ni transformatorga 1-fevral kuni yuklama berilgani, bu bilan «Denov» podstansiyasi quvvati qo‘shimcha 23000 kVAga oshirilgani haqida jamoatchilikka ma'lum qilingan edi.

  Manba: t.me/uzmetaxborotxizmati

  Manba: uzbekistonmet.uz

  Buni oddiy so‘z bilan ifodalasak, yuqori yuklamada ishlayotgan elektr uskuna-jihozlarini almashtirish yoki tuzatish paytida elektr ta'minotida ma'lum ma'nodagi cheklovlar bo‘lishi mumkin va bu texnika hamda xayot xavfsizligi qoidalariga xos texnik-muhandislik holati hisoblanadi. Agar nosozliklarni bartaraf etish oldindan rejalashtirilgan bo‘lsa, bu haqda iste'molchilarga ma'lum qilib boriladi. Favqulodda sodir bo‘lgan avariyalar nosozlik bartaraf etilish jarayonida ma'lum qilinadi. Ayrim hollarda bu amaliyot ta'minotda cheklov o‘rnatilmasdan ham amalga oshirilishi mumkin.

  Bundan tashqari, kunning ma'lum bir paytida elektr ta'minotiga bo‘lgan talab keskin ortishi oqibatida elektr jihozlari va uskunalarida favqulodda avariya yoki yong‘inlar sodir bo‘lmasligining oldi olinib, ishlab chiqarish va iste'mol o‘rtasidagi balansni ta'minlash maqsadida dispetcherlar tomonidan ma'lum ma'nodagi cheklovlar o‘rnatilishiga majbur bo‘linadi.

Manba: uzbekistonmet.uz

Manba: uzbekistonmet.uz

  Ayrim hollarda nosoz va yuqori quvvat talab etuvchi elektr jihozlaridan ommaviy tarzda foydalanishlar ham favqulotda avariya sodir bo‘lishiga, transformatorlar yonib ketishiga, buning oqibatida elektr ta'minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishiga olib keladi.

  Shuningdek, elektr ta'minotidagi uzilishlarga ayrim iste'molchilarning tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulanishi va energoresurslardan noqonuniy tarzda foydalanishlar ham sabab bo‘ladi. Bu haqda tegishli tushuntirish ishlari «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan olib borilmoqda va maxsus nazorat inpeksiyalari tomonidan aniqlangan noqonuniy ulanmalar amaldagi tartibga binoan jarimaga tortilmoqda.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmatining rasmiy telegram kanali: https://t.me/hetmuloqot (Telegram: @hetmuloqot, @HET_admin;  Facebook: Hududiy elektr tarmoqlari) va veb-sayti: http://www.het.uz/oz.

Qisqa raqami: 1154.

Murojaat uchun: +99871-202-50-55.

http://www.het.uz/oz

  Ma'lumot o‘rnida: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati yuqori kuchlanishli elektr energiyasini transportirovka qilish, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

  Hurmatli iste'molchi Azamat Ostonqulov, murojaatingiz mazmuni tegishli tartibda mas'ul xodimlariga yuborildi va shartnoma miqdoriga muvofiq Surxondaryo viloyati, xususan Denov tumani iste'molchilariga elektr energiyasi yetkazib berilishni davom ettiriladi.

  Energetika vazirligi tizimidagi tashkilotlar iste'molchilarga sifatli elektr energiyasini muntazam ravishda yetkazib berish uchun barcha kuch va imkoniyalarni safarbar etgan.

Hurmat bilan,

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Kanalga a'zo bo‘ling! t.me/uzmetaxborotxizmati

>