Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «2022-yil may oyiga hisob-faktura kilovatiga 800 so‘mdan hisoblab chiqarib, maktabni qarzdor qilib qo‘ydi!»
  • 10.06.2022
  • 368

Murojaat egasi: Madaminov Oybek Urazmetovich

Elektron pochta: _gtkhk@mail.ru

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Hurmatli kompaniya rahbarlari, men Gurlan 2-son kasb-hunar maktabi bosh hisobchisiman. 2022-yil may oyiga hisob-faktura kilovatiga 800 so‘mdan hisoblab chiqarib, maktabni qarzdor qilib qo‘ydi. Energiyaning o‘zgarishi iyun oyi 15-sanasidan emasmi? Shunga aniqlik bersangiz iltimos.»

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Oybek Urazmetovich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MA'LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

 Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/10548

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

‼ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

Call centre: 1154

Iste'molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

Ma'lumot o‘rnida:

Ijtimoiy energetika islohoti: aholi uchun ijtimoiy norma va taklif etilayotgan yangi tariflar ayni paytda Hukumat portalida muhokama qilinmoqda:

https://regulation.gov.uz/oz/d/61845

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>