Bo'sh ish o'rinlari
Rasmiy veb-saytda «Onlayn rezyume» funksiyasi faoliyat yuritmoqda
  • 16.06.2022
  • 382

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning rasmiy veb-saytida uzbekistonmet.uz «Onlayn rezyume» funksiyasi ishga tushirilgan. Bu yangi qulaylik ishga kirish istagida bo‘lgan mutaxassislar bilan Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi mutaxassislarini bevosita, onlayn rejimda bog‘lanishi mumkin.

«Bo‘sh ish o‘rinlari» rukni

Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni shaffof bo‘lishini ta'minlash maqsadida, har oyda to‘plangan rezyume-ob'ektivkalar jamlanib, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma boshliqlariga taqdim etiladi.

Ma'lumotnomalar mutaxassislar tomonidan atroflicha o‘rganilib,  ma'lumot-ko‘rsatkichlar mutaxassislarga ma'qul kelsa, nomzod bevosita suhbatga chaqiriladi.

⚡️ Shundan so‘ng bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha rahbariyatga ushbu mutaxassisning nomzodini tavsiya etiladi va ishga qabul qilinadi.

☎️ Murojaat uchun: 71-236-6851.

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>