Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatiga ishga kirish tartibini tushuntirib, men bilan bog‘lansangiz...»
  • 20.06.2022
  • 349

Murojaat egasi:  Xayriddinov Islomjon Vahob o‘g‘li, Navoiy viloyati

Elektron pochta: islomcheek1177@gmail.com

Murojaat mazmuni: «Salom! Men sizlarga ishga kirish masalasida o‘rganib  chiqish uchun hujjatlarimni elektron pochta orqali yuborgan edim. Afsuski, haligacha bu xatga javob yo‘llanmagan. Iltimos, tegishli tartibda o‘rganib, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ishga kirish tartibini tushuntirib, men bilan bog‘lansangiz...»

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro, Xayriddinov Islomjon Vahob o‘g‘li! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi. Murojaatingizga javob o‘rnida, eng avvalo sizga shuni ma'lum qilishimiz lozimki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining kadr_nes@mail.ruinfo@uzbekistonmet.uz elektron pochtalari orqali tegishli hujjatlaringizni, qaysi bo‘sh ish o‘rniga ishga kirish uchun yuborayotganingizni belgilab (shu bo‘sh ish o‘rniga ishga qabul qilish uchun qo‘yilgan talablarga muvofiq kelishingizni bilgan holda) yuborgan bo‘lsangiz, u albatta Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqiladi.

Hurmatli fuqaro, Islomjon Vahob o‘g‘li, Sizning markaziy rele ximoya avtomatikasi xizmatining muhandisi lavozimiga ishga kirish istagini bildirib yuborgan rezume-ma'lumotnomangiz Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilgan. Ushbu bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha qo‘yilgan talablarda “shu yo‘nalishda kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lishi lozim” degan talab qo‘yilgan va ishga kirishdan oldingiz suhbatlarda mutaxassislar rele himoyasi va avtomatika xizmatining muhandisi bilishi lozim bo‘lgan bilim-tajriba darajasini savol-javoblar orqali aniqlashga harakat qilishadi. Siz yuborgan rezume ma'lumotnomasida esa ushbu yo‘nalishdagi 5 yil ish tajribasiga ega emasligingiz qayd etilgan. Shu bois suhbatga taklif etiladigan nomzodlar tanlovi amalga oshirilganda ish tajribangiz “belgilangan talabga muvofiq emas” deya topilib, mutaxassislar sizga taklif qo‘ng‘irog‘ini amalga oshirishmagan. Ammo siz ko‘rsatilgan telefon raqamlari orqali mutaxassislarga qo‘ng‘iroq qilib, bu masala haqidagi ma'lumotlarni olish imkoniyatiga ega edingiz.

Ma'lumot o‘rnida: «Onlayn rezume»  ohttps://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume.

MANZIL:  Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun:  71-236-6851; 71-236-6190.

Veb-sayt: uzbekistonmet.uz

Elektron pochta:  kadr_nes@mail.ruinfo@uzbekistonmet.uz

Xodimlar bilan ishlash boshqarmasidan murojaat:

Tashkilotimiz magistral elektr tarmoqlari yo‘nalishi bo‘yicha (elektr energetika tarmog‘ida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, ta'mirlash-tiklash ishlari) faoliyat olib borgani bois, nomzodlar oliy ta'lim muassasalarining energetika yo‘nalishini bitirgan bo‘lishi talab etiladi.

Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni shaffof bo‘lishini ta'minlash maqsadida, biz har oyda to‘plangan rezyume-ob'ektivkalarni jamlab, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma boshliqlariga taqdim etamiz. Taqdim etilgan ma'lumotnomalar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, atroflicha ko‘rib chiqiladi. Tarjimai holdagi ma'lumot-ko‘rsatkichlar mutaxassislarga ma'qul kelsa, nomzod bevosita suhbatga chaqiriladi. Shundan so‘ng bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha rahbariyatga ushbu mutaxassisning nomzodini tavsiya etiladi va ishga qabul qilinadi.

⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» rukni  https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/25

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>