Yoshlar siyosati
Navoiylik yosh energetiklar «Zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazishdi
  • 29.06.2022
  • 298

30-iyun — «Yoshlar kuni» bayrami arafasida «Navoiy magistral elektr tarmoqlari» filialida Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda Yoshlar Ittifoqi yetakchilar kengashi hamkorligida «Zakovat» intellektual o'yini tashkil etildi.

O'yin davomida filialning barcha muhandis-texnik guruh hamda xizmatlari faol ishtrok etishdi.

Tadbir yakunda esa 1-o'rinni — «RX ESX» jamoasi; 2-o'rinni «Qizlar» jamoasi va 3-o'rinni  «Hisobchilar» jamoasi qo‘lga kiritishdi.

G‘oliblar Kasaba uyushmasi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Veb-sahifa ‖  FacebookInstagram ‖  Youtube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 

>