Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: “O‘qishga qabul qachon?”
  • 08.07.2022
  • 244

Murojaat egasi: Yermekbayev Janibek, Toshkent viloyati

Elektron pochta: janibekermekbayev@gmail.com

Murojaat mazmuni: O‘qishga qabul qachon?

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro, Janibek Yermekbayev! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi.

Murojaatingizga javob o‘rnida, eng avvalo sizga shuni ma'lum qilishimiz lozimki, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanadi.

Ushbu savolingizga javobni Siz Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining https://www.edu.uz/uz rasmiy veb-saytida ko‘rsatilgan Ishonch telefoni: 1006 yoki Call markaz: 71-230-64-64  telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>