Qiziqarli xabarlar
Hindiston janubida suzuvchi QESlarining quvvati ikki baravar oshirildi
  • 29.07.2022
  • 29

Hindiston janubidagi Telangana shtatida suzuvchi quyosh elektr stansiyasini (QES) ishga tushirish yakunlandi. Uning quvvati 100 MVt bo‘lib, umumiy maydoni 243 gektarni tashkil etadi.

Stansiyaning butun ishlash davri davomida 4,4 million tonna SO2 tejalishi rejalashtirilgan, bu ko‘rsatgich esa Misrning yillik chiqindilari miqdori bilan teng deganidir.

Telanganadagi loyiha tufayli mamlakat janubidagi suzuvchi QESlarining quvvati 117 MVt dan 217 MVt ga oshdi.

Hindiston 2030 yilga kelib qayta tiklanadigan energiya generatorlari (shu jumladan gidroelektrostansiyalar) quvvatini 500 GVtgacha oshirishni rejalashtirmoqda.
 
Yaqinda Hindiston birinchi quyosh-shamol elektr stansiyasini taqdim etgani haqida xabar bergan edik.

#quyoshenergiyasi

Manba: https://t.me/clearenergy/1563

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

 

>