Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: “Men bilan bog‘lanib ko‘ring. Suhbat o‘tkazing yoki amaliy tajribalarim bilan tanishib chiqing. Yoqsa — ishlaymiz, yoqmasa...”
  • 01.08.2022
  • 266

Murojaat egasi: Jo‘rayev Firdavs Farhodovich, Buxoro viloyati

Elektron pochta: firdavsjurayev3040305@gmail.com

Murojaat mazmuni: Assalomu aleykum! Men Jo‘rayev Firdavs, Buxorodanman. Oliy ma'lumotliman. O‘rta-maxsus kollejini 2017-yilda tugatdim. Aniqrog‘i, Buxoro politexnika kasb-hunar kollejini Elektr jihozlari va tarmoqlarini montaj qilish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik elektrik yo‘nalishi bo‘yicha diplom egasiman. 2018-yil Buxoro muhandislik-texnologiya institutining Texnologik mashina va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirib, 2022-yil tamomladim.

Bu vaqt davomida, ya'ni 2020-yil iyul oyidan o‘z-o‘zini band qilgan shaxs sifatida barcha turdagi maishiy texnika turlari hamda boshqa mayda turdagi elektr transformatorlarga xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash yo‘nalishi bo‘yicha ish faoliyatimni yuritdim. Hozirda 2 nafar shogirdlarim bor.

Bu boradagi harakatlar va intilishlarim yoshligimdan beri bor. Texnika va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishim bo‘lgani tufayli,  bundan-da tajribaliroq va bilimliroq bo‘lish maqsadida, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati 2022-yil 1-iyunda berilgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishib chiqdim. Bunda «Markaziy rele himoyasi va elektr avtomatikasi xizmati muhandisi» yo‘nalishi bo‘yicha bo‘sh ish o‘rni borligini ko‘rib murojaat yo‘lladim. Murojatim bilan tanishib chiqqaningizdan so‘ng albatta men bilan bog‘lanib ko‘ring. Suhbat o‘tkazing yoki amaliy tajribalarim bilan tanishib chiqing. Yoqsa — ishlaymiz, yoqmasa — tanlagan hunarim ortidan yangi marralarni ko‘zlab harakatda davom etaman...

Hurmat bilan,

Firdavs Jo‘rayev

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro, Firdavs Farhodovich! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi.

Murojaatingizga javob o‘rnida, eng avvalo sizga shuni ma'lum qilishimiz lozimki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining kadr_nes@mail.ruinfo@uzbekistonmet.uz elektron pochtalari orqali tegishli hujjatlaringizni, qaysi bo‘sh ish o‘rniga ishga kirish uchun yuborayotganingizni belgilab (shu bo‘sh ish o‘rniga ishga qabul qilish uchun qo‘yilgan talablarga muvofiq kelishingizni bilgan holda) yuborgan bo‘lsangiz, u albatta Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqiladi.

 Ma'lumot o‘rnida: «Onlayn rezyume»  https://www.uzbekistonmet.uz/uz/appeal/resume.

MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6615.

Veb-sayt: uzbekistonmet.uz

Elektron pochta:  kadr_nes@mail.ruinfo@uzbekistonmet.uz

Xodimlar bilan ishlash boshqarmasidan murojaat:

Tashkilotimiz magistral elektr tarmoqlari yo‘nalishi bo‘yicha (elektr energetika tarmog‘ida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, ta'mirlash-tiklash ishlari) faoliyat olib borgani bois, nomzodlar oliy ta'lim muassasalarining energetika yo‘nalishini bitirgan bo‘lishi talab etiladi.

Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni shaffof bo‘lishini ta'minlash maqsadida, biz har oyda to‘plangan rezyume-ob'ektivkalarni jamlab, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma boshliqlariga taqdim etamiz. Taqdim etilgan ma'lumotnomalar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, atroflicha ko‘rib chiqiladi. Tarjimai holdagi ma'lumot-ko‘rsatkichlar mutaxassislarga ma'qul kelsa, nomzod bevosita suhbatga chaqiriladi.

Shundan so‘ng bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha rahbariyatga ushbu mutaxassisning nomzodini tavsiya etiladi va ishga qabul qilinadi.

Ma'lum bir bo‘sh o‘rinlariga hujjat topshirgan nomzodlar suhbatga chaqirilayotgani (sanasi va vaqti) Aksiyadorlik jamiyatining rasmiy-veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida e'lon qilib borilmoqda. E'tiborli bo‘ling va ijtimoiy tarmoq sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang!

⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» rukni https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/category/25

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>