Yangiliklar
Jamiyat faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlanmoqda: veb-sayt sahifalarida «Ochiq ma'lumotlar» bosh rukni yaratildi
  • 05.08.2022
  • 354

✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6247-sonli Farmoni talablari  bajarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta'minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6247-sonli Farmoni «O‘zbekiston MET» AJ tomonidan ijro uchun qabul qilingan. Farmon ijrosini ta'minlash maqsadida Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi tomonidan imzolangan 2021-yil 22-iyundagi 196-sonli buyruq mas'ul xodimlar tomonidan ijro etilmoqda.

Xususan,

☑️ Farmonning 7a-bandi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar:

1️  Aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari (Telegram, Facebook, Twitter, Instagram, Odnoklassniki, Utube, Youtube) orqali Jamiyat faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlashga qaratilgan tahliliy maqolalar, rasmiy bayonotlar, o‘tkazilgan matbuot anjumanlari va brifinglarda yangragan savollarga javoblar, Aksiyadorlik jamiyati rahbarining intervyulari, xizmat safari va xorijiy hamkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv tafsilotlari, shuningdek, xaridlar hamda tenderlar haqidagi e'lonlar, asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, bo‘sh ish o‘rinlari, moliya va buxgalteriya hamda Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlariga oid ma'lumotlar hisobot jadvallari shaklidagi ilovalar orqali keng jamoatchilik e'tiboriga havola etilmoqda.

2️ «O‘zbekiston MET» AJning Ishonch telefoni (Сall markaz) +998 55 500-55-45, YAGONA TELEFON raqami 71/236-6035 (matbuot kotibi), bundan tashqari, ISHONCH RAQAMI, ya'ni fuqarolar murojaati uchun maxsus telefon raqami +998 71-208-56-46 hamda DEVONXONA (kanselariya) 71/236-6226 raqamlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, «Xalq qabulxonasi» ruknida Jamiyat boshqaruvi raisi va o‘rinbosarlarining qabul kunlari, qabul qaydnomasiga yozilish uchun Jamiyat boshqaruv raisi yordamchisining telefon raqamlari e'lon qilingan.

3️ Aksiyadorlik jamiyatining veb-saytida «FUQAROLAR MUROJAATI» nomli rukn tashkil etilgan bo‘lib, unda internet foydalanuvchilari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita muloqotga kirishish imkoniyatiga. Kelib tushgan murojaatlarning barchasiga javob berilib, murojaatlar mazmuni va bildirilgan munosabatlar matni veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida muntazam ravishda e'lon qilib borilmoqda.

4️ Shuningdek, Aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-saytiga: 13 ta O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari; 34 ta Prezident Qarorlari;  18 ta Prezident Farmonlari; 22 ta Vazirlar Mahkamasi qarorlari; 10 ta Normativ hujjatlar; 2 ta Xalqaro hujjatlar va bir nechta Yo‘riqnoma hamda Nizomlar o‘zbek tili kirill va lotin grafikasida, rus tilida hamda qisman ingliz tilida joylashtirilgan. Shu bilan birga, muhokamadagi qaror loyihalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolalar berilgan bo‘lib, veb-saytning «Yangiliklar» ruknidagi maqola, e'lon va ma'lumotnomalarda huquqiy axborot (Adliya tizimidagi yangiliklar) berib boriladi.

5️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Monitoring markazi tomonidan taqdim etilgan materiallar tahlili, mediamakondagi negativ ma'lumotlarga tegishli tartibda munosabat bildirish amaliyoti muntazam ravishda amalga oshirilmoqda. Foto  va video hamda infografika mahsulotlaridan keng foydalanilmoqda.

☑️ Farmonning 4-bandi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar:

Shuningdek, Aksiyadorlik jamiyati veb-saytida «Aksiyadorlar uchun» nomli rukn  va uning tarkibida quyidagi nimruknlar: “Boshqaruv va nazorat organlari” — 6 ta kichik ruknlar; “Ochiq axborot” — 6 ta kichik ruknlar va “Ichki hujjatlar” — 3 ta kichik ruknlar tarkibida Jamiyatning Ustav fondi, Kuzatuv kengashi, Taftish komissiyasi, Boshqaruv a'zolari, Korporativ boshqaruv kompleksi, Ichki nizom, Biznes-reja, Emitent hisobotlar, Dividend to‘lash, Qimmatli qog‘ozlar, MHXS — Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, Auditorlik xulosasi, Korporativ boshqaruv kodeksi, Muhim faktlar kabi bo‘lim ma'lumotlari mavjud.

uzbekistonmet.uz  rasmiy-veb-sayt sahifalarida «Ochiq ma'lumotlar» bosh rukni

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida AKTdan keng foydalanish, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish loyihalarining amalga oshirilishi yuzasidan reytingli baholash natijalarini yaxshilash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi tavsiyalari, shu bilan birga, Yagona aksiyador — Moliya vazirligining tegishli ko‘rsatmalariga binoan uzbekistonmet.uz rasmiy-veb-sayt sahifalarida «Ochiq ma'lumotlar» bosh rukni ochilib, uning tarkibiga «Bo‘sh ish o‘rinlari», «Asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari», «Tashqi qarz», «Murojaatlar statistikasi», «Davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar», «Xizmat safari va mehmonlarni qabul qilish xarajatlari», «Xizmat avtomototransport vositalari»  kabi ruknlar kiritilib, ochiq ma'lumotlar sirasiga kiruvchi hisobot matnlari bir bosh rukn tarkibida jamlandi.

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>