Yangiliklar
500/220/10 kV kuchlanishli "Lochin" podstansiyasida zilzila va uning oqibatlariga bog‘liq favqulotda vaziyatlar bo‘yicha o‘quv-taktik mashqlar o‘tkazildi
  • 05.08.2022
  • 362

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi PF–144-son Farmoni ijrosini ta'minlash to‘g‘risidagi "O‘zbekiston MET" AJning 2022-yil 4-iyuldagi 165-sonli buyrug‘iga muvofiq "Andijon magistral elektr tarmoqlari" filiali tarkibidagi 500 kV kuchlanishli podstansiyada fuqaro muhofazasi bo‘yicha rejalashtirilgan qo‘mondonlik-shtab hamda maxsus o‘quv-taktik mashqlari "Zilzila va uning oqibatlari bilan bog‘liq favqulotda vaziyatlar ro‘y berganda ma'muriyat va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakati" mavzusida o‘tkazildi.

⚡️ Eslatib o‘tamiz, o‘quv-taktik mashqlar "O‘zbekiston MET" AJ Xavfsizlik va maxsus ishlar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilmoqda va unda boshqa tuzilmalardan vakillar ham ishtirok etmoqda.

✍️ "Andijon magistral elektr tarmoqlari" filiali Xavfsizlik va maxsus ishlar guruhi

Veb-sahifa ‖  FacebookInstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>