Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: “Biz yangi ko‘chib chiqamiz, qo‘lbola simyog‘ochlarga sim tortgamiz. Kelib ko‘rib, o‘rganib, bir dona transformatorni ...”
  • 04.07.2022
  • 256

Murojaat egasi: Bobobekov Abdunazar Abdujalolovich, Samarqand viloyati

Elektron pochta: bobobekovabdunazar35@gmail.com

Murojaat mazmuni: Simyog‘ochlar yoroqsiz holda. Biz yangi ko‘chib chiqamiz, o‘zimiz “to‘k” tortib olganmiz. Qo‘lbola simyog‘ochlarga sim tortgamiz. Xonadonlarga sifatli “to‘k” bormaydi.  Va kelib ko‘rib, o‘rganib, bir dona transformatorni yangisiga almashtirishga amaliy yordam berishingizni so‘raymiz.

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro, Abdunazar Abdujalolovich! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi.

Murojaatingizga javob o‘rnida, eng avvalo sizga shuni ma'lum qilishimiz lozimki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanadi.

Murojaatingizga javob sifatida shuni ma'lum qilishimiz mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli Qarori 1-ilovasiga muvofiq "Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari"ning, 4-bobi, 30-bandiga ko‘ra  — "Iste'molchilarning yuklamalarini ulash bilan bog‘liq yangi elektr qurilmalarni elektr tarmog‘i xo‘jaligining ob'ektlarini loyihalash va qurish, ishlab turganlarini kengaytirish va rekonstruksiya qilish iste'molchilarning mablag‘lari hisobilan amalga oshiriladi".

Ma'lumot o‘rnida: Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatiga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

 het.uz – rasmiy veb-sayti

 Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

 Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

 Call centre: 1154

"O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJning ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/13426

O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>