Yangiliklar
«Namangan MET» filiali: 2022–2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hisoboti
  • 12.08.2022
  • 482

«Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali balansida:

Uzunligi 603,336 km bo‘lgan elektr uzatish havo tarmoqlari mavjud.

Jumladan:

• 500 kV kuchlanishli — 58,686 kilometr;

• 220 kV kuchlanishli — 336,53 kilometr;

• 110 kV kuchlanishli — 181,120 kilometr.        

Jami quvvati 1325 MVA bo‘lgan 3 ta 220 kV kuchlanishli podstansiyalar mavjud: «Sardor», «Obi-Hayot», «Qizil-Ravot».

Jumladan:

• «Sardor» podstansiyasining umumiy quvvati: 525 MVA;

• «Obi-Hayot» podstansiyasining umumiy quvvati: 400 MVA;

• «Qizil-Ravot» podstansiyasining umumiy quvvati: 400 MVA.

 

Filialda magistral elektr tarmoqlari ob'ektlarini 2022/2023 yil kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, quyidagi ishlar amalga oshirildi: 110–500 kVli o‘chirgichlar 10 ta (yillik rejaga nisbatan 100 foiz), kompressor qurilmalari 3 ta (100 foiz) va 51,23 km uzunlikdagi 110–500 kVli havo liniyalarida (100 foiz) mukammal ta'mirlash ishlari yakunlandi.

Shu bilan bir qatorda, joriy ta'mirlash rejasiga asosan 110–500 kVli elektr uskunalarida 12 dona podstansiya transformatorlari va avtotransformatorlar (yillik rejaga nisbatan 100 foiz), 70 dona o‘chirgichlar (75,7 foiz) hamda 429,566 km uzunlikdagi havo elektr tarmoqlarida (91,4 foiz) joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.

Elektr ta'minoti ishonchliligini oshirish maqsadida yaroqsiz izolyatorlar yangi turdagi zamonaviy izolyatorlarga almashtirildi. Namangan viloyatida joylashgan iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va biznes sub'ektlari hamda aholining elektr energiyasiga ortib borayotgan talabini to‘liq qondirish maqsadida bir qator modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari bajarildi.

Bugungi kunda podstansiyalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha (1-bosqichda) ma'nan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviyga almashtirish davom ettirilmoqda. Misol uchun, “Sardor” podstansiyasida 4 komplekt OPN-220 kV, 4 komplekt OPN-110 kV “razryadnik”lar va 108 ta element akkumlyator batareyalari, 34 jamlanma ajratgichlar, 1307 dona PSD-70e turdagi izolyatorlar, 20 dona 110 kV va 3 dona 220 kV kuchlanishli ma'nan va jismonan eskirgan havoli o‘chirgichlar zamonaviy elegaz o‘chirgichlarga almashtirildi.

Shu bilan birga, «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali balansida bo‘lgan 22 dona xizmat va maxsus avtotransport vositalarining 19 tasi kuz-qish mavsumiga shay holatga keltirildi. Avtomototransport vositalariga ehtiyot qism, yoqilg‘i-moylash materiallari zaxirasi yaratildi. 

Avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida 4 ta navbatchi guruhlar brigadasi tuzilgan bo‘lib, ular maxsus avtotransport vositalari, aloqa apparatlari, zarur ehtiyot qismlar va himoya vositalari bilan ta'minlangan.

Bir so‘z bilan aytganda, Namangan viloyati yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda 2022–2023 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari tasdiqlangan rejalar asosida, belgilangan muddatlarida bajarib kelinmoqda.

✍️ Ravshan Ibragimov, “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>