Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Men oilam bilan ijarada yashayman. Uy-joyga muhtojman...»
  • 18.08.2022
  • 322

Murojaat egasi: Xaytboyev Suroj Odilbekovich, Xorazm viloyati.

Elektron pochta: haytboyev@mail.com

Murojaat mazmuni: «Salom aleykum! Men oilam bilan ijarada yashayman. Oilalarga uy-joyga muhtojman...»

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Suroj Odilbekovich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala Aksiyadorlik jamiyatimizning asosiy ish vazifasi hamda vakolatlari doirasida bo‘lmagani bois ko‘rib chiqilmasligini ma'lum qilamiz.

Tavsiya: Uy-joy xarid qilish uchun Hukumatimiz tomonidan yosh oilalarga berilayotgan imtiyozlardan foydalanib ipoteka krediti olishingiz mumkin. Buning uchun mahalliy hokimiyat organlari yoki mahalla fuqarolari yig‘iniga murojaat qiling.

Xorazm viloyati hokimligi rasmiy veb-sayti: https://xorazm.uz/

Ishonch telefoni: +99862-223-0054.

Xorazm viloyati hokimiga murojaat yuborish: http://murojaat.xorazm.uz/

MA'LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida ta'mirlash-sozlash, qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanadi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

 Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/13641 

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>