Qiziqarli xabarlar
Shveytsariya 900 ming ta uy uchun «suv batareyasi» energiya zaxirasini ishga tushirdi
  • 24.08.2022
  • 338

Shveytsariyaning «Nant de Drance SA» kompaniyasi quvvati 900 MVt bo‘lgan nasosli elektr stansiya barpo etdi. Vale tumanidagi Emosson va Ve-Emosson suv omborlari oralig‘ida, yer ostida joylashgan stansiyani qurishga 14 yil vaqt talab etildi.

Suv batareyasi 20 million kVt•s energiyani saqlash quvvatiga ega va bu 900 ming turar-joy binolarini quvvatlantirish uchun yetarli hisoblanadi.

Tizimda 600 metr chuqurlikda joylashgan oltita yer osti turbinasi mavjud. Ular orqali soniyasiga 360 kub metr suv o‘tadi.

Elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun elektr energiyasiga bo‘lgan talab past bo‘lgan davrda (ko‘pincha tunda) suv quyi rezervuardan yuqoriga, eng yuqori talab davrida (ayniqsa, ertalab va kechqurun) yuqoridan quyiga quyiladi.

#suvenergiyasi

Manba: https://t.me/clearenergy/1595

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>