Yangiliklar
«O‘zbekiston MET» AJ: «Katta Qo‘yliq» mahallasida Istiqlol shodyonasiga bag‘ishlangan bayram dasturi bo‘lib o‘tdi
  • 29.08.2022
  • 268

✨ Toshkent shahrining Yashnobod tumani «Katta-Qo‘yliq» mahallasida Mustaqillikning 31-yilligi bayram dasturi bo‘lib o‘tdi. Unda «O‘zbekiston MET» AJ vakillari, shuningdek, mahalla faollari, mehnat va sport faxriylari ishtirok etishdi.

Ta'kidlash joizki, Istiqlol shodyonasi oldidan «Katta-Qo‘yliq» mahallasida ikki marta obodonlashtirish hashari tashkil etildi. MFY hududiga 200 tup manzarali va mevali daraxtlar ekildi. Mahalla faollari uchun bir dona zamonaviy kompyuter va printer sovg‘a qilindi.

Bundan tashqari, 5 nafardan ayol va erkaklar Farg‘ona viloyatidagi "Nurafshon" sihatgohiga yuborildi. Bolalar uchun istirohat bog‘iga chiptalar berildi. "Temir daftar"ga kirgan 5 nafar oilaga oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Bolajonlar uchun sport maydonchasi qurilib, sport anjomlari sovg‘a qilindi.

Veb-sahifaFacebookInstagram ‖  Youtube

✍️ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>