Yangiliklar
O‘zbekiston energotizimining raqamli modeli va interaktiv xaritasi yaratildi
  • 30.08.2022
  • 348

Bugun, 2022-yil 30-avgustda «O‘zbekiston MET» AJ majlislar zalida "UZASSYSTEM" QK tomonidan ishlab chiqilgan elektron dastur — «O‘zbekiston Respublikasi energotizimidagi elektr tarmoqlarining raqamli modeli va interaktiv xaritasi» loyihasining ishchi taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

⚡️ Unda Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, tegishli bo‘lim va boshqarma mutaxassislari, magistral elektr tarmoqlari filiallari xodimlari hamda loyihalashtiruvchi tashkilot vakillari ishtirok etishdi.

Taqdimotda ta'kidlandiki, qariyb bir yarim yil davomida yaratilgan mazkur raqamli dasturga elektr energetika tarmog‘ining 35, 110, 220 va 500 kV kuchlanishli havo tarmoqlari va podstansiyalar haqidagi axborot kiritilgan bo‘lib, tizimdagi modernizatsiya ishlari, bir so‘z bilan aytganda, yangilanishlar dastavval ushbu dastur orqali tekshirib ko‘riladi va o‘zgarishlar O‘zbekiston energotizimiga qanday ta'sir etishi o‘rganiladi.

✅ Yangi elektron dasturdan “Milliy dispetcherlik markazi” DUK faoliyatida kengroq foydalaniladi

Avval xabar  berganimizdek, bugun O‘zbekiston energotizimining raqamli modeli va interaktiv xaritasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotdan so‘ng mutaxassislar fikr-mulohazalari, takliflari o‘rganildi.

«O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisining taklifiga ko‘ra elektron dastur — O‘zbekiston energotizimining raqamli modelini va interaktiv xaritasi birmuncha takomillashtiriladi va davlat tiliga o‘giriladi.

Shuningdek, D.A.Isaqulov dasturdan foydalanish bo‘yicha Nizom ishlab chiqish, unga turdosh tashkilotlarga tegishli ma'lumotlarni kiritish tartibini aniqlash, rasmiy taqdimotni elektr energetika tarmog‘iga kiruvchi barcha tashkilot vakillari ishtirokida o‘tkazish bo‘yicha mutaxassislarga topshiriq berdi.

Taqdimot muhokamalarida ta'kidlandiki, yangi dasturdan “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasi  faoliyatida kengroq foydalaniladi.

Veb-sahifaFacebookInstagram ‖  Youtube

✍️  «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>