Yangiliklar
Farg‘onalik energetiklar tomonidan avariyali holatlarining oldini olishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi
  • 31.08.2022
  • 329

“Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220/110/10 kV kuchlanishli “Sokin” podstansiyasida Sharqiy mintaqaviy dispetcherlik boshqarmasi dispetcherlari bilan birgalikda, “Farg‘ona MET” filiali bosh muxandisi D.Sh.Karimov nazorati ostida, 2022-yil avariyali holatlarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar bajarilishi yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tqazildi.

Tasdiqlangan rejaga muvofiq o‘tkazilgan avariyaga qarshi mashg‘ulotlar davomida podstansiya navbatchilari va ishchi-xodimlari o‘z bilim-mahoratlarini qo‘llab, shartli avariyani bartaraf etishdi. Mashg‘ulot natijalari qoniqarli deb baholandi.

Ma'lumot o‘rnida: yurtimizda keng nishonlanayotgan Istiqlol shodyonasi tantanalarini o‘tkazish hamda to‘rt kunlik dam olish kunlarida elektr ta'minoti barqaror faoliyatini ta'minlashga qaratilgan navbatchilik ishlari “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi barcha tarkibiy bo‘linma va filiallarda Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining maxsus buyrug‘i asosan amalga oshirilmoqda.

✍️ “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>