Yangiliklar
Kelgusi haftada Samarqand Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining majlisiga mezbonlik qiladi
  • 08.09.2022
  • 371

Kelgusi haftada Samarqand Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining majlisiga mezbonlik qiladi. Ushbu tadbir ShHT yetakchilarining 2019-yildan buyon birinchi yuzma-yuz uchrashuvi bo‘ladi va O‘zbekistonning tashkilotdagi raisligiga yakun yasaydi.

O‘zbekiston raisligi davrida asosiy e'tibor tashkilot doirasidagi hamkorlikning savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, sanoat kooperatsiyasini ilgari surish, transport-kommunikatsiya o‘zaro bog‘liqligini kengaytirish, raqamli transformatsiya va "yashil" iqtisodiyot, ShHTning xalqaro nufuzini mustahkamlash kabi eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga qaratildi.

Manba: https://t.me/Press_Secretary_Uz/2343

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>