Yangiliklar
Yuqori kuchlanishli podstansiyalardagi elektr jihozlari zamonaviylari hisobiga yangilanmoqda
  • 10.09.2022
  • 465

Prezidentning 2017-yil 16-sentyabrdagi PQ–3284-sonli «"Magistral tarmoqlarni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish" investitsion loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni bajarish maqsadida “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filialinig 220/110/10 kV kuchlanishli “Farg‘ona” podstansiyasidagi VVN-220 rusumli jami 4 komplekt o‘chirgichlar LTB-245E1-1P-50kA rusumli eligazli o‘chirgichlarga almashtirildi.

⚡️ VVN-110 rusumli jami 16 jamlanma havoli o‘chirgichlar 13 janlanma zamonaviy LTB-145D1/B rusumli eligazli o‘chirgichlarga  almashtirildi. Qolgan 3 jamlanma o‘chirgich 2022-yil 1-oktyabrga qadar to‘liq almashtirilishi rejalashtirilgan.

Suratlarda “4-sonli montaj boshqarmasi” AJ hamda 220 kVli "Farg‘ona" podstansiyasi xodimlari 110 kV li L-F-K-2 rusumli yacheykani demontaj qilayotgani aks etgan.

✍️ “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>