Yangiliklar
Samarqand shahri Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitiga tayyor
  • 10.09.2022
  • 362

Joriy yilning 15–16 - sentyabr kunlari Samarqandda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbati sammiti o‘tkaziladi. Sammitda ShHTga a'zo mamlakatlar rahbarlari so‘nggi uch yilda birinchi marta bir manzilga to‘planmoqda.

Sammit arafasida Samarqandda yangi muhtasham va zamonaviy aeroport, Xalqaro turizm markazi qurildi. Markaz hududida jami 10 ta ob'ekt bunyod etildi – 8 ta (2 ta 5 yulduzli va 6 ta 4 yulduzli) mehmonxona, Kongress xoll hamda Karvonsaroy kompleksi qurildi.

Bugun Samarqand sammitni o‘tkazish uchun tayyor holatda. Shahar ko‘chalariga ShHT va unga a'zo mamlakatlar bayroqlari, sammitga bag‘ishlangan afishalar o‘rnatilgan.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>