Yangiliklar
Andijonlik energetiklar tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi talablari bajarilmoqda
  • 19.09.2022
  • 390

Yurtni yashillikka burkash — ham savobli, ham ulug‘ ishlardan biri ekanligi shubhasiz. Xalqimizda bog‘ yaratgan insonlarni qadrlash — milliy an'ana darajasida. Binobarin, ekilgan har bir ko‘chat zamirida toza havo, bozorlarimiz to‘kinligi, qurilish materiallari, tuproq tarkibini boyitish, qolaversa, yurtimizga chiroy hamda fusunkorlik kasb etish kabi ishlar mujassam.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktyabrdagi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5863-son Farmonida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida, mamlakatimiz miqyosida daraxtzorlarni ko‘paytirishga yo‘naltirilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi amaliyotga tatbiq etilmoqda.

⚡️ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan tegishli hududlarga mingdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, parvarish qilinmoqda. Tozalikka hamda ko‘kalamzorlashtirishga e'tibor qaratish, ayniqsa yuqori kuchlanishli podstansiyalar hududini obodonlashtirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Umuman olganda, atrof-muhitning toza-ozoda, go‘zal va ko‘rkam bo‘lishi o‘zimizga bog‘liq. Toza hududda yashash va undan nafas olish sog‘ligimiz uchun naqadar foydali ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. “Tozalik — sog‘lik garovi”, deya naql qiladi dono xalqimiz.

Xulosa qilib aytganda, «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan obodonchilik va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarda Filialining barcha ishchi-xodimlari tashabbus ko‘rsatib, podstansiyalar hududi, bog‘lari, atrof ko‘chalari, qolaversa, ma'muriy binolarini ozoda-saramjon qilib, “Yashil makon” umummilliy loyihasiga o‘z hissasini qo‘shmoqdalar.

✍️ «Andijon MET» filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a'zolari

Veb-sahifaFacebookInstagram ‖  Youtube

  «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>