OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Toshkent shahrida “yashil” rivojlanish va qayta tiklanadigan energetika masalalari muhokama qilindi — qalampir.uz
  • 22.09.2022
  • 175

2022-yilning 21-sentyabr kuni Toshkent shahrida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini (RES) keng joriy etish orqali O‘zbekistonda “yashil” energetikani rivojlantirishga bag‘ishlangan “Huawei FusionSolar Partner Conference-2022” hamkorlik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

“Yashil” rivojlanish masalalarini ilgari surish va iqlim o‘zgarishi jarayonlarini jilovlash maqsadida O‘zbekiston hukumati Glazgoda bo‘lib o‘tgan Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha BMT doiraviy konvensiyasi ishtirokchilari konferensiyasining 26-sessiyasidagi ishtiroki doirasida iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanadigan energiya ulushini kamida 25%ga oshirish, shuningdek, 2050 yilgacha uglerod neytralligiga erishish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga tayyorligi haqida bayonot berdi. Belgilangan maqsadlardan kelib chiqib, 2022 yil 10 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti qayta tiklanuvchi energiya manbalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini e’lon qilgan.

Respublikada qabul qilingan chora-tadbirlarga javoban Huawei kompaniyasi innovatsiyalarni davom ettirmoqda va mahalliy hamkorlar bilan kam uglerodli rivojlanishni jadallashtirish va mamlakatda yanada oqilona yashil hayotga olib keladigan toza, qayta tiklanadigan energiya yechimlarini taqdim etishda davom etmoqda. Tajriba almashish, ekotizimni mustahkamlash va energetika sohasida raqamli texnologiyalar, bulutli hisoblash va sun’iy intellektning integratsiyasini muhokama qilish uchun platforma yaratish maqsadida Huawei kompaniyasi “O‘zeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda O‘zbekistonning barcha tarmoqlari va rezidentlari manfaati uchun “yashil” yelektr energiyasini rivojlantirishga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazdi.

“Bugun biz qayta tiklanadigan energiya manbalarini mamlakat iqtisodiyotiga joriy etish, ayniqsa, quyosh energetikasini rivojlantirishga e’tibor qaratishning afzalliklarini muhokama qilish uchun yig‘ildik. O‘zbekistonda quyosh energetikasini rivojlantirish salohiyati juda katta va uning to‘liq oshkor etilishi davlatga iqtisodiyotni transformatsiyalash va raqamlashtirishni jadallashtirishga yordam beradi, – deb tak’idladi Huawei Digital Power Yevrosiyo bo‘limi bosh menejeri Syu Xay o‘zining tabrik nutqida, – Fotovoltaik yechimlar yirik elektr stansiyalari, tijorat va sanoat tarmoqlari va turar-joy quyosh energiyasi bozori uchun har bir uy va tashkilot uchun asosiy energiya manbai sifatida yashil aqlli yechimlarga o‘tishni tezlashtiradi.

Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida quyosh texnologiyalari keng tarqalganini hisobga olgan holda, butun sanoatning sa’y-harakatlari tufayli quyosh yelektr yenergiyasini ishlab chiqarish tannarxi pasaymoqda. Bu esa quyosh yenergiyasini tarmoq paritetiga erishish uchun birinchi qayta tiklanadigan manbaga aylantiradi”.

Syu Xay, shuningdek, Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda quyosh energetikasi ekotizimini qurish bo‘yicha nafaqat barcha hamkorlarni, jumladan, savdo, xizmat ko‘rsatish va yechim hamkorlarini, sanoat standartlarini ishlab chiqish tashkilotlari, sarmoyaviy va moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlarni hamda iqtidorlarni tayyorlashni ham birlashtirishga umid qilishini qo‘shimcha qildi.

Konferensiya davomida O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha ekotizim hamkorlari, jumladan “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Abror Boyev, shuningdek, Photomate, Sun High-Tech, Solar Nature, SEPCOIII kompaniyalari vakillarining tabrik so‘zlari va taqdimotlari bilan chiqdilar. 

2021 yilda Huawei kompaniyasi asosiy e’tibor kam uglerodli texnologiyalarni rivojlantirishga qaratganlgi tufayli ilmiy-tadqiqot investitsiyalari bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni yegalladi. Shu maqsadda Huawei Digital Power 2021 yilda ochilgan edi. Mamlakatda “yashil” rivojlanish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash uchun 2022 yil sentyabr oyida Huawei kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Manba: https://qalampir.uz/

  «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>