Bo'sh ish o'rinlari
"O'ZBEKISTON MET" AJ BOSHQARUV KENGASHIGA TANLOV ASOSIDA NOMZODLAR QABUL QILINADI
  • 13.03.2020
  • 943

  Boshqaruv a'zolari lavozimiga (Boshqaruv raisining investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, shuningdek Boshqaruv raisining moliya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari), oliy kasbiy ma'lumotga ega, ma'muriy va boshqaruv kadrlari lavozimlarida kamida 3 yil ishlagan, bir yoki bir nechta chet tillarni bilgan nomzodlar tanlanadi. Tanlovda ishtirok etish uchun O'zbekiston Respublikasi fuqarolari taklif qilinadi;

  Shuningdek, ushbu tanlovda ishtirok etishga qiziqish bildirgan xorijiy davlatlarning fuqarolari.

  Tanlov 2 bosqichda o'tkaziladi. Birinchi bosqichda talablarga muvofiqligini aniqlash maqsadida arizachilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ko'rib chiqiladi.

  Nomzodlar belgilangan mezonlarga mosligini tasdiqlovchi hujjatlarni topshirishlari shart. Shuningdek, taqdim etilgan hujjatlar to'plamiga quyidagilar ilova qilinadi:

- arizachining tanlov shartlari va tartibi bilan tanishganligi to'g'risidagi arizasi;

- anketa (ma'lumotnoma-tavsifnoma) ko'rinishidagi arizachining pasporti, ariza beruvchi va uning mehnat faoliyati to'g'risidagi shaxsiy ma'lumotlar nusxasi;

- tavsiyanoma (mavjud bo'lsa).

  Ikkinchi bosqichda birinchi bosqichdan o'tgan nomzodlar to'g'risidagi ma'lumotlar tegishli qaror qabul qilish uchun kompaniyaning Kuzatuv Kengashiga ko'rib chiqish uchun taqdim etiladi.

  Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2020-yil 13-martdan 27-mart, soat 17:00 (mahalliy vaqt)ga qadar.

  Tanlovning tahminiy sanasi: 2020-yil 1-3 aprel.

  Barcha talab qilingan hujjatlar belgilangan muddat ichida (papkaga joylashtirilgan va ro'yhati ko'rsatilgan holda) qabul qilinadi. Muddatdan tashqari vaqtda topshirilgan boshqa ma'lumotlar qabul qilinmaydi va ko'rib chiqilmaydi.

  Hujjatlar Toshkent shahri, Osiyo ko'chasi, 42-uyda qabul qilinadi.

  Qo'shimcha ma'lumotlarni www.uzbekistonmet.uz   saytidan ham olishingiz mumkin.

  Murojaat uchun telefon: (99871) 208-56-34.

  Elektron pochta: kmb@uzbekistonmet.uz

  Tanlovda qatnashish uchun hujjatlar qabul qilinadigan muddat 2020-yil 27-mart soat 17.00 (mahalliy vaqt).

"O'zbekiston met" AJ axborot xizmati

Kanalga a'zo bo'ling! t.me/uzmetaxborotxizmati

>